www. kokanduni.uz o‘rtasida bu bo‘shliq darajasi ortgan. Olingan natijalar o‘g‘il bolalarning o‘qishga bo‘lgan
qiziqishini rivojlantirish, ularga turli xil o‘qish strategiyalarini o‘rgatish va hokazolar uchun
maxsus harakatlar zarurligini ko‘rsatadi.
Natijalarni tahlil qilishda bizni nafaqat o‘rtacha ball qiziqtirdi, balki eng zaif va eng kuchli
o‘quvchilar (yuqorida tavsiflanganlardan) o‘qilgan matnni idrok qilishning qaysi darajas
iga
erishishiga ham e’tibor qaratdik. Eng zaif o‘quvchilarning besh foizi (5
-
protsentil) o‘rtacha
355 va undan past ballni (ushbu ko‘rsatkich past darajaga to‘g‘ri keladi), eng kuchli
o‘quvchilarning besh foizi (95
-
protsentil) o‘rtacha 522 va undan yuqori
ballni (yuqori
darajaga to‘g‘ri keladi) ko‘rsatdi.
Ta’kidlash joizki, 2016
- yildagi yuqori natijalar Shimoliy Irlandiya (673 ball), Angliya
(678 ball) va Singapur (687 ball)ning eng yaxshi o‘quvchilari tomonidan namoyish etilgan edi.
Bu shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari o‘zlarining ilg‘or o‘quvchilariga
o‘qish savodxonligi darajasini yanada rivojlantirish uchun nisbatan murakkab topshiriqlar
berib borishlari kerak. Bu borada A.Avloniy nomidagi Milliy tadqiqot instituti tomonidan
ishlab chiqilgan xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) doirasidagi topshiriqlar
bilan ishlash ko
ʻ
nikmasini shakllantirishga qaratilgan elektron tizim va video mahsulotlarni
o
ʻz ichiga olgan “STesting” elektron innovatsion platformasi o‘qituvchilar uc
hun juda katta
manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni ko‘
rib chiqib, natijalarni sarhisob
qilar ekanmiz, shuni ta’kidlash joizki, dunyo mamlakatlarida maktab o‘quvchilarining o‘
qishda
erishadigan natijalariga qo‘yiladigan talablar, o‘quv dasturlari va darsliklarning boy tahliliy
materiallari pedagogik baholash sifatining xalqaro standartlarini ommalashtirishga,
monitoring tadqiqotlari madaniyatini shakllantirishga yordam beradi.
Yurtimizda ta’lim
sifatini baholash markazlari tomonidan olib boriladigan ta’lim sifati bo‘yicha ma’lum
monitoringlarning aksariyati umumiy konseptual yondashuvlardan va xalqaro tadqiqotlar
vositalarining alohida elementlaridan foydalanishi maqsadga muvofi
qdir. Zero, ta’lim sifatini
baholash bo‘yicha xalqaro qiyosiy tadqiqotlarda O‘zbekistonning ishtirok etishi
mamlakatimizda ta’lim sifati
ni baholashning milliy tizimini yaratishda katta ahamiyatga ega.