Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə473/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


423
www.
kokanduni.uz 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MILLIY
-
MADANIY AN’ANALAR 
QADRIYATINI OSHIRISH
Mirzakarimova Moxlaroy Zohidjon qizi,
Tursunоvа Gullоlа Аzimjоn qizi,
 
 
Qо`qоn Universiteti Mаktаbgаchа tа`lim 
 
(sirtqi) yо`nаlishi talabasi
 
Imоmоvа Nоzimаxоn Аvаzxоnоvnа
 
Qо`qоn Universiteti Ta’lim kafedrasi
 
fаlsаfа fаnlаr dоktоri (PhD)
 
 
Annotatsiya
:Ushbu bitiruv malakaviy ishida xalqimizda bolalarga qadr-qimmat, 
burch va ma’suliyatni his etish halollik va rostgo’ylik, yaxshilik kabi xislatlarga ega 
bo’lish lo
zimligi qadim-qadimdan pand-
nasihat vositasida uqtirilgan bo’lib, maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida maktabgacha
yoshdagi bolalarni milliy madaniy an’analar 
qadriyatlar asosida tarbiyalash va boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos 
xususiyatlari mazmuni hamda oilada bolalarni milliy qadriyatlar vositasida axloqiy 
tarbiyalashning shakl, usul va yo’llari xususida so’z yuritiladi.
Kаlit sо`zlаr:
milliy qadriyat, madaniy-
tarixiy meros, ma’naviy tarbiyalash, 
vatanparvarlik hissi, milliy qadriyatlar tizimi, o’z o’rnini saqlash, qon
-qardoshlik, 
ma’naviy yaqinlik, o’tmish va ma’naviy meros, ona yurt tuyg’usi, xalq og’zaki
ijodi, milliy 
qadriyatlar, maqollar, matallar, topishmoqlar, tarbiya. 
Barchamizga yaxshi ma’lumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda 
rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va ma’naviy salohiyatiga 
bog’liq. 
Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi muammolari deyarli barcha mamlakatlar uchun 
umumiy masaladir. Yoshlar tarbiyasi mavzusi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida shunday dedi: "Bugungi 
dunyo yoshlari - son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 
milliard kishini tashkil etmoqda.Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz 
qanday inson bo’lib kamolga etishi bilan bog’liq. Bizning asosiy vazifamiz 
- yoshlarning 
o’z salohiyati
ni namoyon qilis
hi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo’ravonlik g’oyasi 
"virusi" tarqalishining oldini olish. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo’llab
-
quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko’p tomonlama 
hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb 
hisoblaymiz. O’zbek xalqining asriy an’analari, 
jumladan, tarbiya sohasidagi an’analari ajdodlarimizning tabarruk dini bilan bog’liq. 
Yoshi kattalarga salom berish, ularni hurmat qilish, yoshi kichiklar va kuchsizlarni 
avaylash, ilm olish v
a kasb o’rganishga da’vat, halol mehnat qilishga chaqirish, qo’shnilar 
bilan xushmuomala bo’lish kabi an’analar ozbeklar oilalarida, ularning dinga 
munosabatlaridan qat’iy nazar, yoshlarga singdirib kelingan. Yoshlar tarbiyasida islom 
ma’rifatining muhim o’rnini e’tiborga
olib, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoev 2017-2018-
yillarda qator g’oyalar va tashabbuslarni ilgari surdi. 
Jumladan, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Termizda 
Imom Termiziy ilmiy tadqiqot markazi va Tos
hkentda O’zbekistondagi Islom 
sivilizatsiyasi markazini tashkil qilish to’g’risida davlat rahbari va Vazirlar 
Mahkamasining tegishli qarorlari qabul qilindi. Buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy-
ma’rifiy meroslarmi o’rganishdan tashqari, ush
bu muassasalarning asosiy vazifasi 
yoshlarni buyuk va shonli o’tmishga hurmat hamda iftixor bilan qarash, ulug’ ajdodlarga 
munosib avlod bo’lishga, ilm va ma’rifat olishga intilish ruhida tarbiyalashdan iborat.


424

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin