Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə474/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995 yil 16 noyabrda bo‘lib o‘tgan 28
-
sessiyasida Bag‘rikenglik tamoyillari to‘g‘risidagi Deklaratsiya qabul qilingan edi. 
Shundan buyon mazkur sana “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlab kelinadi. 
Bu
ndan ko‘zlangan asosiy maqsad dunyo xalqlarini bag‘rikenglikk
a, tinchlikni asrab-
avaylashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka erishishga chorlashdir. 
“O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega 
bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi
va ijtimoiy 
mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Shu ma’noda, mamlakatimizda istiqlol yillarida millatlararo ahillik va 
konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, ma’naviy
-axloqiy tarbiyani kuchaytirish 
bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ch
ora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu barcha 
sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz turmush darajasini yanada 
yuksaltirish yo‘lidagi ezgu sa’y
-
harakatlarning muhim asosi bo‘l
ib xizmat qilayotir. 
Ular “xalq diplomatiyasi” mexanizmidan f
aol foydalangan holda, tinch hamda 
farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va madaniy
-
ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlarimiz bilan yaqin hamda o‘zaro 
manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga salmoqli
hissa qo‘shayapti. Mamlakatimiz 
ta’lim muassasalarida o‘qish 7 tilda olib borilmoqda. Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar 
12 tilda efirga uzatilayotir, gazeta hamda jurnallar 10 dan ortiq tillarda chop qilinayapti.
Aytish kerakki, mazkur yo‘nalishdagi i
slohotlar Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev 
rahnamoligida butunlay yangicha ma’no
-mazmun kasb etib bormoqda. Chunonchi, 2017 

2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan 
biri Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat etib belgilangan. Bugun shu asosda 
aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millatlar vakillari 
o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni, yaqin
qo‘shnilarimiz bilan do‘stona aloqalarni 
mustahkamlashga qaratilgan ezgu ishlar olib borilayotir. 
Davlatimiz rahbarining joriy yil yanvar oyida respublikamizdagi milliy madaniy 
markazlar faollari bilan uchrashib, ular bilan dildan muloqot qilgani, takliflari hamda 
fikr-
mulohazalarini eshitgani ham bag‘rikenglikning yuksak namunasi bo‘ldi. Qolaversa, 
Yu
rtboshimizning 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy 
mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora
-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Respublika baynalmilal madaniyat markazi hamda 
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy
-
ma’rifiy aloqalar jamiyatlari 
kengashi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo 
muno
sabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi.

Qo‘mita zimmasiga jamiyatda millatlararo totuvlik hamda bag‘rikenglikni 
ta’minlash, tinchliksevar siyosatni, mamlakat hayotining barcha sohasida erishilgan 
yutuq va muvaff
aqiyatlarni keng targ‘ib qilish, xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, chet 
eldagi hamyurtlarimiz diasp
orasi bilan do‘stlikni mustahkamlashga doir davlat siyosatini 
izchil amalga oshirish vazifasi yuklatildi, 

deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama
si huzuridagi Millatlararo 
munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari 
Kamoliddin Eshonxo‘jaev.

Prezidentimiz g‘amxo‘rligi tufayli poytaxtimizning Bobur ko‘chasida joylashgan 
muazzam bino O‘zbekiston Respubli
kasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo 
munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasiga berildi. 
SHuningdek, bu binoning yonida joylashgan bog‘ “Do‘stlik bog‘i” deb nomlandi. Bog‘ 
hududida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan
millatlar vakillarining o‘ziga xos 


425

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin