438
www.
kokanduni.uz
Foydalanilgan adabiyot
lar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017
-yil 30-sentyabrd
agi “Makta
bgacha
ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF
-5198-sonli farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016-yil 29-
dekabrdagi «201
7-2021 yillarda
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PQ2707
-
sonli qarori.
3.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
Toshkent, O‘zbekis
ton, 2017- yil.
4.
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotlarining Davlat o‘quv dasturi. “Ilk qadam”
maktabg
acha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi BMTning Bolalar jamg‘armasi
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi texnik ko‘magi yordamida yara
tildi va nashr
etildi. T.: 2018.
439
www.
kokanduni.uz
INKLYUZIV MAKTABGACHA TA’LIM: ZAMONAVI
Y RIVOJLANISH JARAYONLARI
Yakubova Zaxroxon Raximjon qizi
MTS 1-22 guruh talabasi,
Arslanova Madinaxon Mansurovna
“Ta’lim”
kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD)
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada maktabgacha inklyuziv ta’limning zamonaviy
rivojlanish
jarayonlari haqida s
о‘z borib, О‘zbekistonda maktabgacha inklyuziv ta’limni
rivojlantirish istiqbollari bо‘yicha muallif fikrlari bayon
etilgan.
Kalit sо‘zlar:
maktabgacha ta’lim, inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar,
individual rivojlanish xususiyatlari, pedagogik jarayon, rivojlanish, ijtimoiylashuv.
Maktabgacha ta’lim inson potensiali va inson kapitalini
shakllantirishda as
osiy va hal
qiluvchi ta’lim bosqichlaridan biridir. Yurtimizda ham keyingi yillarda olib borilayotgan keng
qamrovli ta’lim islohotl
ari jarayo
nlarida maktabgacha ta’limni jahon andozalari va rivojlangan
davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida tubdan takomillashtirish yо‘lidan borilmoqda. “
Shuning
uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta kо‘rib chiqish masalasini davlat siyosati
darajasiga kо‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta
о‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat о‘zgarishiga
erishishimiz, ta’limning
uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bо‘ladi”, deya ta’kidlagan edi davlatimiz rahbari Sh.
Mirziyoyev [1].
Bugungi kunda zamonaviy dunyoda nogironligi bо‘lgan bolalarning teng huquqli va teng
imk
oniyatli ta’lim olishi masalasi tobora dolzarb bо‘lib bormoqda. Buni xalqaro maydonda,
xalqaro va mintaqaviy hamda sohaviy tashkilotlar tomonidan hamda alohida olingan davlatlar
tomonidan ham imkoniyati cheklangan bolalar ta’limining eng maqbul shakllarida
n biri
bо‘lgan inklyuziv ta’limga intilishning kuchayib borayotganligi misolida ham kо‘rish mumkin.
Ma’lumki, inklyuziv ta’lim modeli har bir ta’lim jarayoni ishtirokchisining (bola, pedagog
va ota-
ona) ijtimoiy munosabatlari va о‘zaro bir
-birlarini tushunishini tashkil etishga
kо‘maklashuvchi, bolaning umumiy ta’lim jarayoniga
olib kiruvchi bosqichma
-bosqich va
chuqur amalga oshiriluvchi jarayondir [2, 49].
Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy qamlam sifatida ijtimoiy himoyaga, yordamga va
qо‘llab
-quvv
atlashga muhtoj bо‘ladi. Davlat va jamiyat bunday toifadagi bolalarning huquq
-
manfaatlarini himoya
qilish, moddiy va ma’naviy yordam kо‘rsatish hamda boshqa b
olalar
bilan imkon qadar teng imkoniyatlardan foydalanishi
uchun huquqiy baza yaratish,
infratuzil
mani yaxshilash, nafaqalar, tо‘lovlar va imtiyozlar joriy etish kabi say harakatlarni
amalga oshirib boradi. Ular sirasida esa imkoniyati cheklangan
bolalar manfaatlariga, shaxs
sifatida shakllanishi va rivojlanishiga kо‘maklashuvchi ijtimoiy institutlar t
izimini yaratish va
ularning faol ishlashini ta’minlashning о‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Maktabgacha ta’lim
tashkiloti bugungi kunda ana shunday vazifani tо‘laqonli bajarishga kirishgan ekan,
rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim
muhitidagi samarali ijtimoiy
moslashuvi uning muhim vazifalaridan birini tashkil etmoqda.
Bugungi kunda inklyuziv maktabgacha ta’limni tashkil etishning ilm
iy-nazariy va amaliy
jihatlarini
tahlil qilganimizda, quyidagi asosiy xususiyatlarini alohida ta’kidlab о‘tish mumkin:
davlat tomonidan inklyuziv ta’limni joriy etish jarayonlarining huquqiy, tashkiliy va
moliyaviy jihatdan qо‘llab
-quvvatlanishi, uning umumjamiyat harakatiga aylanib
borayotganligi, ya’ni “inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari” g‘
oyasi;
nogironlikning oldini olish, barvaqt aniqlash va samarali ta’sir kо‘rsatish metodlari bilan
birgalikda, bolaning rivojlanish imkoniyatlarini barvaqt tibbiy, pedagogik va psixologik tadqiq
etishning fanlararo va sohalararo yangi metodlarining amaliyotga
faol tadbiq etilayotganligi;