446
www.
kokanduni.uz
IMKONIYATI CHEKLANGAN
BOLALARNI INKLYUZIV
TA’LIMGA
JALB ETISH
MASALALARI
N.Q.Аbidova
Qo’qon
universiteti dotsenti
Pedagogika fanlari
bo’yicha
falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Maqolada
Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus
ehtiyojli bolalar uchun imkoniyatlar haqida yoritilgan. Jamiyatda Imkoniyati cheklangan
bolalarga nisbatan yanglish fikr va munosabatlar bildirilgan.
Integratsiyalashgan ta’lim haqida
ma’lumot berilgan.
Kalit
so‘zlar:
Inklyuziv, integratsiya, reabilitatsiya, funksional, huquq, uzviylik, fikr,
dialektik, uzviylik
Imkoniyati cheklangan bola ham barcha bolalardek bola hisoblanadi va u tan olinishi,
hurmatga sazovor bo‘lishiga haqli, shuning uchun ularni nuqsoni bilan atalishi nomaqbul
hisoblanadi. Bola, u qanday xolatda va qanday imkoniyatga ega bo’lishidan qat’iy nazar har
doim kattalar yordamiga muxtojdir. Uni ajratish yoki aloxida nom bilan atash insonparvarlik
nuqtai nazariga tug
’ri kelmaydi. Agar imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan «anomal
bolalar», «Imkoniyati cheklangan bola bolalar», «ko’r bolalar», «kar bolalar», «aqli zaif
b
olalar», «xarakat tayanch a’zolari falajlangan bolalar» va x. k. tushunchalar ishlatilib kelindi.
Ammo ushbu tushunchalar mkoniyati cheklangan bolalarni xuquqlarini poymol kiladi. Ota-
onalarga ham salbiy ta’sir etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar normal r
ivojlanishdagi bolalar
kabi topshiriq va vazifalarni tezlik bilan mukammal amalga oshira olmasalarda, ammo
imkoniyat darajasida bajara oladilar. Bolaning xuquqlarini ximoya qilish, ularga ijobiy
munosabatda bulish tarbiyalashning muxim usulidir. Shuning uc
hun ham taxkirlashlarga yo’l
qo’ymaslik t
alab etiladi.
Inklyuziv
ta’lim
tizimida
o‘quv
tarbiya jarayonining tashkil etishi.
Ko‘rishda
nuqsoni
bo‘lgan
bolalar inklyuziv
ta’limida
dars jarayonini moslashtirish. Eshitishda nuqsoni
bo‘lgan
bolalar inklyuziv ta
’limida
dars jarayonini moslashtirish. Tayanch harakat
a’zolarida
muammolari
bo‘lgan
bolalar inklyuziv
ta’limida
dars jarayonini moslashtirish. Yengil
darajadagi aqliy rivojlanishida muammosi
bo‘lgan
bolalar inklyuziv
ta’limida
dars jarayoniga
moslashtirishdan iborat.
Darhaqiqat, bu ta’lim tizimi
oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi. Ammo bu
ta’lim tizimining nafli jixati juda ko‘p ular sirasiga qo‘yidagilar kiradi:
-
Inklyuziv ta’lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi;
-
Inklyuziv ta’lim
barcha uchun ta’
lim sifatini yaxshilaydi;
-
Kamsitishlarni oldini oladi;
-
Inklyuziv ta’lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.
Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar
uchun
quyidagi nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi:
-
inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o‘z oilasi mahallasi va qarindosh
-
urug‘lari davrasida bo‘lishga imkon beradi;
-
inklyuziv ta’lim barcha uchun, ta’lim sifatini yaxshilash
ga olib keladigan katalizator
bo‘lib xizmat qilishi
mumkin;
-
bolalarni oilasidan, o‘yidan uzoqda bo‘lgan internatlarga joylashtirish ularning o‘yi,
oilasi xamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqigato‘sqinlik qiladi;
-
o‘yidan, oilasidan, ota
-ona mexr
idan uzoqda bo‘lgan bola diydasi qattiq bo‘lib o‘sad
i.
Chunki oila tarbiyaning bosh markazidir.
|