Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə500/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Maxsus extiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o‘quvchilarni 
yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko‘proq o‘quvchilarniqamraydigan yangi o‘
qitish 
uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Jamiyatda Imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan 
yanglish fikr va munosabat mavjud. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularga 
yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim 
- tarbiya berilishi bunga 
sabab bo‘lishi 
mumkin. Bunday munosabatni yo‘qotish 
yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin 
tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o‘xshashlik jihatlarni 
tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar normal rivojlanishdagi bolalar bilan 
birgalikda ta’lim 
- tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni Imkoniyati cheklangan bolalarga 
nisbatan o‘zlari singari bola ekanliklarini anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo‘lar edi.
Imkoniyati cheklangan bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab
qo‘yilgan 
birinchi qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassasalari 
tarkibiga qamrab olinishi jahon miqyosida “inklyuziv” yoki “integratsion” ta’lim atamalari 
bilan ataladi. “Integratsiya” atamasini aniqlash maqsadida ushbu tushunchaning ta’rifi
ni 
bergan. Unda “guruxlar integratsiyasiga”, “guruxda shaxslararo munosabatlarni tartibga 
solish” sifatida qaraladi shuningdek, jamoada faqatgina insonparvrlik munosabatlarni va 
mazkur guruxda ijobiy jamoatchilik fikrini yaratilishi bilan integratsiyani amalga tadbiq etish 
mumkin deb ta’kidlanadi. Keyingi yillarda imkoniyati cheklangan bolalarni barcha 
tengdoshlari katori umumta’lim tizimida ta’lim olishiga jiddiy etibor berilmoqda va inklyuziv 
ta’lim mat
buot axborot vositalari orkali ommaga keng targibot qilinmoqda. Bu borada ota-
onalar ham farzandlarini umumta’lim tizimidagi integratsiyalashgan va inklyuziv gurux va 
sinflarda ta’lim 
- tarbiya olishiga uz istaklarini bildirishmokda. 
Integratsiyalashgan 
ta’lim bu, 
-diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib
ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir.
Integratsiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining
quyidagicha shakllari mavjud: 

Jismoniy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli Imkoniyati cheklangan bola va
Imkoniyati cheklangan bola bulmagan bolalar urtasidagi jismoniy farkni kamaytirishga
qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda Imkoniyati cheklangan bola bolalar
uchun maxsus
bo‘lim yoki sinf tashkil qilish mumkin.

Funksional integratsiya. Bu shakl Imkoniyati cheklangan bola va Imkoniyati 
cheklangan bola bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi funktsional muammolarni
kamaytirishga
qaratilgan. 

Ijtimoiy integratsiya. Itegratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni
kamaytirishga qaratilgan va u Imkoniyati cheklangan bola hamda Imkoniyati cheklangan 
bola bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qo‘llab –
quvvatlaydi.
Jamiyatga integratsiya qilish kabilar. 

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin