www. kokanduni.uz ta’lim
-tarbiya va korreksion dasturlarning bolaning individual rivojlanish xususiyatlari,
uning mavjud imkoniyatlariga har to
monlama yо‘naltirilganligi bilan bir qatorda, uning
ijtimoiy moslashuv va integratsiyalashuv imkoniyatlarini yanada kengaytirish va
qulaylashtirishga ham asosiy e’tibor qaratilayotganligi;
maxsus pedagogika sohasida imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuzi
v ta’lim muhitida
ta’lim
-
tarbiya olishi masalasining ilmiy nazariy va amaliy jihatdan dolzarb bо‘l
ib
borayotganligi;
inklyuziv ta’lim muhitida о‘qitish modellarining rang
-
barangligi, о‘ziga xosligi, variativ
ta’lim metodlarining rivojlanayotganligi, ayni p
aytda tashkiliy-pedagogik, kadrlarga oid va
metodik ta’minotni tо‘laqonli amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi ham
shular jumlasidandir.
О‘zbekistonda ham inklyuziv ta’lim maktabgacha ta’limning ajralmas tarkibiy qismiga
aylanishi nazard
a tutilgan bо‘lib, jumladan,
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-
son qarori bilan tasdi
qlangan “Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlari tо‘g‘risida Nizom”da “bolalarga, shu jumladan, о‘ziga xos ehtiyojlari bо‘lgan
bola
larga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, о‘z vaqtida inklyuziv
maktabgac
ha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish” [3]
maktabgacha ta’lim tashkil
otlarining muhim vazifasi sifatida belgilangan.
Yurtimizda
inklyuziv maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasida quyidagi
takliflarimizni ilgari surishni lozim topdik:
-
“Inklyuziv ta’lim va ijtimoiy moslashuv” loyihasini tashkil etish; -
rivojlanishida nuqsoni bо‘ lgan bolalar ijtimoiy moslashuvi masalalariga doir maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari, ularning yordamchilari, psixologlar va ota - onala r uchun metodik va ommabop о‘quv - metodik qо‘llanmalar va tavsiyalarni ishlab chiq ish; -
“Inklyuziv ta’lim muhitida pedagoglar faoliyati” nomli qisqa muddatli о‘quv kurslarini (onlayn) tashkil etish; -
Oliy ta’lim “Maktabgacha ta’lim” yо‘nalishi о‘quv rejasiga rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ijtimoiy moslashuvi muammolariga doir tanlov fanlarini kiritish; -
metodik qо‘llanmalar, tavsiyalar va targ‘ibot materiallari uchun tanlov e’lon qilish. Xulosa sifatida aytganda, inklyuziv maktabgacha ta’lim yurtimi
zda yangi va ayni paytda
istiqbolli ta’lim sohalaridan biri bо‘lib, bu jarayonda
in
klyuziv ta’limning zamonaviy
tendensiyalari va xususiyatlarini tadqiq etish ham katta ahamiyat kasb etishi tabiiydir.