505
www.
kokanduni.uz
komponentlari mazmuni bosqichma-bosqich aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
Tadqiqotlarda ta’lim oluvchining subektiv tajribasini infratuzilmaviy komponent sifatida
ko‘rib chiqish taklif etiladi. O.M.Bobienkoning tadqiqot ishlariga asoslanib, biz “sub’ektiv
tajriba” tushunchasini “aniq bir shaxsning shaxsiy tajribasi, uning xaqiqiyligi, ilmiyligi, ijtimoiy
va tarixiy bilimlar nuqtai nazaridan ziddiyatli emasligi; oilaning o‘ziga xos sharoitlarida,
ijtimoiy-madaniy muhitda, odamlar va buyumlar dunyosini idrok etish va tushunish
jarayonida olingan xayot tajribasi” sifatida talqin etamiz.
Biz ushbu xulosani maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz, chunki bizga uning individual
xususiyatlarini aniqlab olish imkonini beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bunday yondashuvda
t
alaba o‘rganish sub’ektiga aylanmaydi, balki dastlab hosil bo‘lmaydigan, faqat o‘quv
jarayonida egallanadigan sub’ektiv tajriba tashuvchisi sifatida namoyon bo‘ladi,
O.V.Temyatkinaning fikricha masalani ko‘rib chiqishning bunday usulida "o‘qish”
izolyatsiyalangan (yakkalangan) kognitiv (bilish) funksiyasi sifatida qaralmaydi, balki
talabaning ongli faoliyatining organik qismi bo‘lib hisoblanadi. Unda ta’lim oluvchilarning
maqsadlariga, umidlariga mos holda shakllangan real pedagogik borliqqa nisbatan
munosabatlar, shun
ingdek, o‘z tajribasini hisobga olgan holda uni o‘zgartirishga tayyorgarligi
bo‘yicha shaxsiy rejasi, niyatlari amalga oshiriladi ”.
V.P.Zinchenko ta’lim oluvchi shaxsiy bilim m
anbai sifatida ishtirok etadi deb hisoblaydi.
Bu g‘oya bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning pedagogik ta’lim mazmunini o‘zlashtirishi
doirasida mustaqil ish uchun bir qator o‘quv topshiriqlarini loyihalashda muhim hisoblanadi.
Shunday qilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘quv
-bilish kompetensiyasini
rivojlantirish tashkil-tuzilmaviy, motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv komponentlarni
egallash jarayoni sifatida qaraldi.(1-jadvalga qarang)
Dostları ilə paylaş: