522
www.
kokanduni.uz
SHEKSPIR TRAGEDIYASIDA REMARKALAR O‘RNI VA TAHLILI UNING ASAR
BADIIYATIDAGI O‘RNI
Dilnozaxon Murotova Otabek qizi
Farg’ona davlat universiteti
Filologiya fakulteti
o‘
zbek tili va adabiyoti
yo
‘
nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
Shekspir ijodiga xos fazilatlar kuylanadi. Asarning
badiiyati tahlil qilinadi. Remarka hamda uning turlari, konflikt va uning ko
ʻ
rinishlari haqidagi
ma
ʼ
lumotlar Shekspir ijodi orqali o
ʻ
rganildi. Shuningdek, Shekspirning tragediya yozishdagi
mohirligi yana bir karra o
ʻ
z aksini topadi.
Kalit so’zlar:
dramaturgiya
,
tragediya, tasvir, holat, konflik, Shekspir, Hamlet;
Drama adabiyotni
ng ma’lum darajada taraqqiy etgan sohalaridan biridir. Barchaga
ma’lumki, tragediya so’zi yunoncha tragoidia so’zidan kelibchiqqan bo’lib “echki qo’shig’I”
degan ma’noni bildiradi. Chunki qadimgi Yunonistonda teatr ijrochilari echki terisidan
tikilgan liboslar kiyishgan. Bugun teatr va adabiyotda tragediya adabiyot janrlaridan biri
sifatida namayon bo’ladi. Tragedi
ya zamonaviy dramaning baxtsizlikka olib keladigan
markaziy muammolar xuddi qadimgi drama kabi qayg’uli yakun topib asar qahramonining
fojeasi millat tanazulli bilan tugaydigan asarlarga nisbatan ishlatilinadi. Bunga esa, odatda,
axloqiy zaiflik, psixolog
ik moslashuv, ijtimoiy bosim o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shekspir
tragediyasi o’ziga xosligi bilan boshqa fojeali asarlardan ajralib turadi.
Shekspir tragediyalarida asarga xos barcha unsurlar ishtirok etadi. Fojeaga sababchi
bo’luvchi qahramon tragediyaning
eng muhim elementlardan biridir. Yozuvchining asarlarida
fojeali qahramon, asosan, bir kishidan iborat bo’lib qahramon erkak yoki ayol bo’lish
i
mumkin. Fojeali qahramon muqarrar qism aziyat chekkan eng eng qayg’uli odam bo’lishi
shart. Mashhur olim Endryu
Sesil Bredlining aytishicha,” Shekspir tragediyasi bu aslida
hikoyadir. Shunday hikoyaki, azob
–uqubat va ofat bilan yakun topadi” Shekspir fo
jeali
qahramonining muhim tomoni shundaki, u oddiy inson emas. U mamlakat shohi yoki
mamlakatning obro’li, zoda
gon fuqarolaridan yoki taniqli shaxs. Misol uchun Hamlet
–
Daniya
shahzodasi. U aqlli, ochiqko’ngil, kelishgan hamda mulohazali. Qahramon shunch
alik muhim
shaxski, uning o’limi butun boshli g’alayon va tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Hamlet
otasining
o’limi uchun amakisidan qasos olganida u nafaqat amakisiga balki o’ziga ham o’limni
ravo ko’radi.
Shekspir tragediyalarida ezgulik va yovuzlik
o’rtasidagi kurash tasvirlangan. Uning
aksariyatida yovuzlik timsollari yovuzlikning hukmronligi va yaxshilikni bostirish bilan
shug’ullanadi. XIX asrning taniqli shoir va adabiyotshunosi Edvard Doudenning so’zlariga
ko’ra Shekspir tomonidan o’ylab topilga
n fojea inson hayotini va ruhini tiklashga qaratilgan
fojeadir. Boshqacha aytganda, uning mavzusi’dunyodagi yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi
kurashdir. Shekspir asarlarida hech qachon yaxshilik yovuzlik ustidan g’alaba qilmaydi.
Shekspir tragediyalarining bosh qahramonlari halol va yaxshi insonlar. Asar
qahramoninig qiyinchiliklari, ko’rgan azoblari bizni unga hamdard bo’lishga chaqiradi. Yovuz
odamlarning harakati bizni unga nisbatan g’azabimizni uyg’otadi. Shekspir asarlari oradan
qancha yil o’tsa
-da hec
h qachon kitobxonlar qo’lidan va qalbidan tushmay keladi
Dostları ilə paylaş: