www. kokanduni.uz tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, axborot
-kommunikatsion texnologiyalar
o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi.
O‘quvchilarning xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini
boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlshtirilishiga yordam beradi. Dunyo miqyosida shiddat bilan
rivojlanayotgan axborot ko‘lami, ularni o‘zlashtirishni yaratish, amaliyotga joriy etish ta’lim
bosqichlarining
barcha bo‘ginlaridagi jarayonlarni kompyuterlashtirish yo‘lida uchraydigan
muammolarni bartaraf etish va qayta ishlashga imkon beruvchi yangi axborot va pedagogik
texnologiyalar qilishga qaratilgan ilmiy metodik ishlar, turli umumta’lim fanlaridan elektron
darslik va pedagogik dastur vositalariga zaruriyat kundan-kunga oshib bormoqda. Axborot
komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darslarni jonlantirishga yordam beradi,
bolalarga dastur materialini yaxshiroq o‘rganish imkonini beradigan yorqin vizual
tasvir
sifatida ishlaydi.
Birinchi sinf o‘quvchilari ertak qahramonlarini o‘rgatish, xatolarni tuzatish,
qahramonlarga qiyin vaziyatlardan chiqishga yordam berish, o‘z yechimlarini taklif qilishni
yaxshi ko‘radilar, bolalar esa osongina muloqot qilishadi,
o‘z fikrlarini bildirishdan yoki
boshqa asosli qaror qabul qilishdan qo‘rqmaydilar. O‘quv mashg‘ulotlari davomida pedagogik
jarayon o‘z navbatida, o‘qituvchi darsni zamonaviy tashkil etishi, interfaol metodlardan
foydalanishi, takomillashtirishi o‘quvchilarning bilim olish darajasi ortishiga sabab bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinfda axborot texnologiyalari asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish
o‘quvchilarning kognitiv psixologiya sohasini faollashtirishga, ta’lim materiallarini
muvaffaqiyatli o‘rganish va aqliy rivojlanishiga xissa qo‘shishi kerakligini yodda tutush kerak.
Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilishni zamonaviy axborot
dunyosini rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb atash mumkin. Bola axborot
komunikatsiya
texnologiyalarining ma’lum bir o‘quv fuksiyasini bajarishi eslab qolishiga
yordam berishi kerak. Axborot texnologiyalari o‘quv jarayonining yordamchi elementi bo‘lishi
kerak deb o‘ylayman. Axborot asri deb nom olgan asrimizni telekommunikatsiyasiz tasavvu
r
qilish qiyin. So‘ngi rusumdagi telefon, planshet, notebook va komputerlar internet orgali bizga
asosiy ma’lumot va yangiliklarni bir zumda aniqlashda beminnat xizmat qiladi.
”Raqamli darsliklar AR” ilovasi umumta’lim maktablari fanlarini o‘zlashtirishda
foydalanadigan ta’limiy resurslar jamlanmasidir. Ilova “AR” kengaytirilgan borliq bo‘lib ta’lim
darsligiga 2021
–
yil 5 - iyun oyida ommaga taqdim etilgan.
Raqamli darsliklar toplamida masalan: 1
–
sinfning 8 ta darsligi mavjud bo‘lib ularda
“O‘qish va Ona
tili savodxonligi” darsligi 2 ga bo‘lingan audeomatn va o‘yinlar. Audeomatnda
20 ta mavzuni o‘z ichiga qamrab oladi ya’ni “Mening oilam –
Hoshimjonning oilasi” “Mening
oilam
–
Dialog” “Kun tartibi –
Gaplar” va boshqalar. Bunda o‘quvchilar audeomatnni ting
lab
birga qaytarib mustahkamlab va berilgan topshiriqni a’lo darajada bajaradilar. O‘yinlar
bo‘limi: 16 ta o‘yin o‘z ichiga qamrab olgan, nomlanishlari quyidagicha “So‘zlardan foydalanib
gap tuzing” “Bayramlar” “Taqvimlar bilan ishlash” “Mevali sonlar” “So‘zlarni birlashtirib yangi
so‘z hosil qiling” “Raqamlarga qofiyadosh so‘zlarni birlashtiring” va boshqalar. 1
- sinfning
Tabiiy fan darsligida darslar betlarga bo‘lingan ya’ni kamaytirilgan tarzda ishlab chiqarilgan
6-25 betlar, 26-39 betlar, 40-49 betlar 54-
63 betlar. O‘tilgan darslarni mustahkamlash uchun
turli xil o‘yinlar orqali, topshiriqlar va savol
-
javoblar o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchi darsda
o‘tilgan mavzuni mustaqil o‘zlashtirishida va ota onalariga izohlab berishadi. Ota onalari bilan
berilgan uyga vazifasini bajarib kelishadi.
“AR” ilovasini barcha uyali aloqalarga teng qabul qilinadigan va o‘quvchilar ulanganda
ba’zi qiyinchiliklarga duch kelmasligi va darslik sonini ko‘paytirish, o‘yinlarni turini
ko‘paytirish, o‘quvchini bilim doirasini kengaytirish yo‘lida samarali yondashadi bolalarga
yoshiga doir qiziqarli savol javoblar topishmoqlar va guruh bilan ishlash o‘yinlari qo‘shilsa
samarali bo‘ladi!