Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə614/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   610   611   612   613   614   615   616   617   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-
bosqich tatbiq etish, o’qitish 
metodikalarini takomillashtirish, imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim xizmatlari sifatini 
yaxshilash hamda mazkur toifa har 
bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga bo’lgan huquqini 
ta’minl
ashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash kabi vazifalar belgilab berildi. 
Kontseptsiyada belgilangan vazifalar qatorda ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va 
matematika fanini o’qitish bilan bog’liq quyidagilar ko’zda tutilgan: “O’zbekiston 
Respublikasining 2030 yilga kelib, 
PISA (T’e Programme for International Student 
Assessment)
Xalqaro miqyosda o’quvchilarni baholash dasturi reytingi bo’yicha jahonning 
birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish; uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini 
sifa
t jihatidan yangilash; o’qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim
-tarbiya jarayoniga 
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-
bosqich tatbiq etish;xalq ta’limi sohasiga 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni jo
riy etish”. 
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan 
bolalarga ta’lim
-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”
gi 
PQ

4860-
sonli qarori mamlakatimiz ta’lim tizimida jahon stan
dartlari asosida islohatlarning 
maqsadli hamda manzilli olib borilishini dolzarb masala sifatida ko’ndalang qo’ydi. Mazkur 


555
www.
kokanduni.uz 
xujjat asosida nogironligi bo’lgan shaxslarning turmush darajasi va s
ifatini yaxshilash, ularga 
tibbiy-
ijtimoiy yordam ko’rsatish va reabilitatsiyasini, ta’lim
-tarbiyasini takomillashtirish, 
inklyuziv ta’limni kengaytirish, axborotli muhitni yaratishga qaratilgan vazifalarni amalga 
oshirish belgilab berilgan [4].
Sanab o’tilgan har bir xujjat yurtimizda barcha bolaga sifatli ta’limni ta’minlash kabi 
ijtimoiy-siyosiy vazifaning huquqiy-
me’yoriy asosini tashkil etadi. 
Butun pedagogika tarixi dalolat berganidek, uning ilg’or namoyondalari hamma vaqt 
jamiyatning ijtimoiy-tarixiy shart-
sharoitlariga muvofiq insonning har tomonlama uyg’un 
r
ivojlanishini ta’minlaydigan ta’lim tamoyillari, shart
-sharoitlari, omillari, metodlari, tashkiliy 
shakllarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlar olib borganlar. SHu o’rinda “Ta’lim” 
tushunchasining ikki jihatini keltirish joizdir: bir tomondan bu ijtimoiy 
tajribani o’sib 
kelayotgan avlodga berish jarayoni, ya’ni ta’lim berish jarayoni bo’lsa, boshqa tomondan bu 
insonning ijtimoiy tajribani egallashi, ya’ni ta’limga yondosh tarbiya jarayonidir.
Ta’limga 
berilgan bunday talqin zaminida uning mazmunini jamiyat taraqqiyotining omillaridan biri 
sifatida tushunish yotadi[3]. Ta’lim jarayoni sog’lom bola kabi rivojlanishida muammolari 
bo’lgan bolaga ham uning yoshi, imkoniyatlari uchun xos bo’lgan yet
akchi faoliyat turlarida 
o’zini
-
o’zi namoyon qilish imkoniyatini
yaratishga majbur. Bu imkoniyat ikki tomonlama 
jarayon sifatida belgilanadi: bir tomondan, bu jarayon fanlardan bilimlar, malakalar, aqliy 
faoliyat ko’nikmalarining berilishi
-deb tushunilsa, 
ikkinchi tomondan, ularning ta’lim
-tarbiya 
jarayonining sub’ektlari tomonidan ijobiy emotsional qabul qilinishi va ongli o’zlashtirilishi 
deb tushuniladi. O’quv materialini emotsional qulay muhitda o’zlashtirilishi qator omillarga 
bog’liqdir[4]:
1.
Umumiy 
o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari va jamoasining alohida ehtiyo
jli bolaga 
nisbatan tolerantlik munosabati.
2.
Ota-
onalar yoki alohida ehtiyojli bola yaqinlarining inklyuziv ta’
limdagi bevosita 
maqsadli ishtiroki.
3.
Inklyuziv sinf o’qituvchisining tor doiradagi mutaxassislar (logoped, defektolog, 
psixolog, pediatr, nevropatolog, psixiatr, reabilitator...) bilan uzviy hamkorlikda ishlashi. 
4.
Inklyuziv maktab rahbari, fan o’qit
uvchilari, psixolog, yetakchi va boshqa 
xodimlarning inklyuziv ta’lim haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi. 
5.
Alohida ehtiyojli bolaga sinfda o’zini qulay xis qilish imkonini beruvchi sog’lom va 
barqaror psixologik muhit. 
Sanab o’tilgan omillar asosida inklyuziv ta’lim muhitini yaratishning o’ziga xos 
tomonlarini unutmaslik lozim. Ular: 
-
bolalar uchun barcha fanlardan o’quv materiallarini taqdim etishning 
optimal 
vizualizatsiyasiga ustuvorlik berishga ehtiyojning kattaligi; 
- alohida ehtiyojli bolalarning fa
nlardan o’zlashtirish imkoniyatlari nutqiy rivojlanish 
darajasiga bog’liqligi; 
-
fanlardan beriladigan o’quv topshiriqlarining qiyinlik darajalarini bel
gilashda 
individualizatsiyaga tayanishning muhim shartligi; 

har bir o’quv fanni o’qitish samaradorligi
tayyorlov davri mazmuni va tashkil etilishiga 
bog’liqligi;
-
fanlardan davlat ta’lim standartlarining bajarilishini ta’minlashda fanlararo 
integratsiyaga tayanishning dolzarbligi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, o’zbek xalqining o’ziga xos xususiyatlari bo’lgan 
mehr-
shafqat, o’zgalarga yordam berish, muhtojlarni qo’llab
-quvvatlash kabi sifatlar 
yurtimizda inklyuziv ta’limning samarali tashkil eti
lishi hamda rivojlanishida muhim tayanch 
omildir.


556

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   610   611   612   613   614   615   616   617   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin