individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-
bosqich tatbiq etish, o’qitish
metodikalarini takomillashtirish, imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim xizmatlari sifatini
yaxshilash hamda mazkur toifa har
bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga bo’lgan huquqini
ta’minl
ashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash kabi vazifalar belgilab berildi.
Kontseptsiyada belgilangan vazifalar qatorda ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va
matematika fanini o’qitish bilan bog’liq quyidagilar ko’zda tutilgan: “O’zbekiston
Respublikasining 2030 yilga kelib,
PISA (T’e Programme for International Student
Assessment)
Xalqaro miqyosda o’quvchilarni baholash dasturi reytingi bo’yicha jahonning
birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish; uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini
sifa
t jihatidan yangilash; o’qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim
-tarbiya jarayoniga
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-
bosqich tatbiq etish;xalq ta’limi sohasiga
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni jo
riy etish”.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan
bolalarga ta’lim
-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”
gi
PQ
–
4860-
sonli qarori mamlakatimiz ta’lim tizimida jahon stan
dartlari asosida islohatlarning
maqsadli hamda manzilli olib borilishini dolzarb masala sifatida ko’ndalang qo’ydi. Mazkur
555
www.
kokanduni.uz
xujjat asosida nogironligi bo’lgan shaxslarning turmush darajasi va s
ifatini yaxshilash, ularga
tibbiy-
ijtimoiy yordam ko’rsatish va reabilitatsiyasini, ta’lim
-tarbiyasini takomillashtirish,
inklyuziv ta’limni kengaytirish, axborotli muhitni yaratishga qaratilgan vazifalarni amalga
oshirish belgilab berilgan [4].
Sanab o’tilgan har bir xujjat yurtimizda barcha bolaga sifatli ta’limni ta’minlash kabi
ijtimoiy-siyosiy vazifaning huquqiy-
me’yoriy asosini tashkil etadi.
Butun pedagogika tarixi dalolat berganidek, uning ilg’or namoyondalari hamma vaqt
jamiyatning ijtimoiy-tarixiy shart-
sharoitlariga muvofiq insonning har tomonlama uyg’un
r
ivojlanishini ta’minlaydigan ta’lim tamoyillari, shart
-sharoitlari, omillari, metodlari, tashkiliy
shakllarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlar olib borganlar. SHu o’rinda “Ta’lim”
tushunchasining ikki jihatini keltirish joizdir: bir tomondan bu ijtimoiy
tajribani o’sib
kelayotgan avlodga berish jarayoni, ya’ni ta’lim berish jarayoni bo’lsa, boshqa tomondan bu
insonning ijtimoiy tajribani egallashi, ya’ni ta’limga yondosh tarbiya jarayonidir.
Ta’limga
berilgan bunday talqin zaminida uning mazmunini jamiyat taraqqiyotining omillaridan biri
sifatida tushunish yotadi[3]. Ta’lim jarayoni sog’lom bola kabi rivojlanishida muammolari
bo’lgan bolaga ham uning yoshi, imkoniyatlari uchun xos bo’lgan yet
akchi faoliyat turlarida
o’zini
-
o’zi namoyon qilish imkoniyatini
yaratishga majbur. Bu imkoniyat ikki tomonlama
jarayon sifatida belgilanadi: bir tomondan, bu jarayon fanlardan bilimlar, malakalar, aqliy
faoliyat ko’nikmalarining berilishi
-deb tushunilsa,
ikkinchi tomondan, ularning ta’lim
-tarbiya
jarayonining sub’ektlari tomonidan ijobiy emotsional qabul qilinishi va ongli o’zlashtirilishi
deb tushuniladi. O’quv materialini emotsional qulay muhitda o’zlashtirilishi qator omillarga
bog’liqdir[4]:
1.
Umumiy
o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari va jamoasining alohida ehtiyo
jli bolaga
nisbatan tolerantlik munosabati.
2.
Ota-
onalar yoki alohida ehtiyojli bola yaqinlarining inklyuziv ta’
limdagi bevosita
maqsadli ishtiroki.
3.
Inklyuziv sinf o’qituvchisining tor doiradagi mutaxassislar (logoped, defektolog,
psixolog, pediatr, nevropatolog, psixiatr, reabilitator...) bilan uzviy hamkorlikda ishlashi.
4.
Inklyuziv maktab rahbari, fan o’qit
uvchilari, psixolog, yetakchi va boshqa
xodimlarning inklyuziv ta’lim haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi.
5.
Alohida ehtiyojli bolaga sinfda o’zini qulay xis qilish imkonini beruvchi sog’lom va
barqaror psixologik muhit.
Sanab o’tilgan omillar asosida inklyuziv ta’lim muhitini yaratishning o’ziga xos
tomonlarini unutmaslik lozim. Ular:
-
bolalar uchun barcha fanlardan o’quv materiallarini taqdim etishning
optimal
vizualizatsiyasiga ustuvorlik berishga ehtiyojning kattaligi;
- alohida ehtiyojli bolalarning fa
nlardan o’zlashtirish imkoniyatlari nutqiy rivojlanish
darajasiga bog’liqligi;
-
fanlardan beriladigan o’quv topshiriqlarining qiyinlik darajalarini bel
gilashda
individualizatsiyaga tayanishning muhim shartligi;
-
har bir o’quv fanni o’qitish samaradorligi
tayyorlov davri mazmuni va tashkil etilishiga
bog’liqligi;
-
fanlardan davlat ta’lim standartlarining bajarilishini ta’minlashda fanlararo
integratsiyaga tayanishning dolzarbligi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, o’zbek xalqining o’ziga xos xususiyatlari bo’lgan
mehr-
shafqat, o’zgalarga yordam berish, muhtojlarni qo’llab
-quvvatlash kabi sifatlar
yurtimizda inklyuziv ta’limning samarali tashkil eti
lishi hamda rivojlanishida muhim tayanch
omildir.
|