552
www.
kokanduni.uz
yo‘nalgan va bevosita shu hodisalarni borishiga bilish faoliyati bo‘lib, bunda idrok, tafakkur va
nutq ishtirok etib, barqaror diqqat talab etiladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda doimiy
kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o‘stirishda g'oyat k
atta
ahamiyatga egadir.
Ko‘rgazmali metod
ham alohida ahamiyatli usullardan biri hisoblanadi. Ko‘rgazmali
metodlar guruhiga bolalar bilan birga rasm
larni ko‘rish, diapozitiv va kinofilmlarni namoyish
qilish ham kiradi. Bu metoddan foydalanish xilma-xil vazifalarni hal qilishga, tasavvurlarni
aniqlash va bilimlarini tizimlashtirish, umumlashtirish, estetik idrokni tarkib toptirishga
yordam beradi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining aytib bergan hikoyasi, tabiat haqidagi
badiiy kitoblarni
o‘qishdan, suhbatdan foydalaniladi.
Og’zaki uslub
yordamida kuzatish va tabiatdagi mehnat jarayonida olgan bilimlari
aniqlashtiriladi, to‘ldir
iladi, umumlashtiriladi hamda bir tizimga solinadi. Shunday qilib,
og‘zaki uslub bolalarning tajribasi doi
rasidan chetga chiquvchi bilimlarni shakllantirish
imkonini beradi.
Ekskursiya.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishd
a
ta'lim berishning tashkiliy formalaridan biri ekskursiyadir. Ekskursiya jarayonida bolalar ona
tabiat to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. Bu tasavvur tabiatni ko‘rish, eshitish, sezish
orqali idrok etiladi. Ekskursiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat, undagi
bog‘liqlik va uning qonuniyatlari to‘g‘risida realistik tasavvurlar hosil bo‘l
adi. Bu tushunchalar
keyinchalik bolalar egallaydigan ilmiy bilimlarning asosini tashkil etadi, maktabda
o‘rganiladigan tabiiy fanlarni o‘zlashtirib olishniosonlashtiradi. Tabiat to‘g‘risidagi
bilimlardan bexabar bo‘lish ko‘pincha o‘simlik va hayvonlarga nisbatan noto‘g‘ri, ba'zi
hollarda esa berahm va shafqatsiz munosabatda bo‘lishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: