549
www.
kokanduni.uz
BOSHLANG
‘
ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA SHARQ ALLOMALARINING
ASARLARIDAN FOYDALANISH
Esonaliyeva Madinabonu Shuxratjon qizi
Boshlang
‘ich ta’lim yo‘
nalishi 1-kurs talabasi,
Nargiza Valiyeva
Qo
‘qon universiteti Ta’lim kafedrasi o‘
qituvchisi
Annotatsiya
: Ushbu maq
olada boshlang’ich sinf o’qitish metodikasida tarixiy
materiallardan foydalanish ya’ni ulug’ mutafakkirlar ilmiy merosidan foydalanish va
matematika faniga o’z xissasini qo’shgan olimlar haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so’zlar:
matematika, al
lomalar, boshlang’ich, tarixiy materiallar.
Bu davrga qadimgi Yunon matematiklari asos soldilar va uni O’rta Osiyodagi O’rta Sharq
olimlari davom ettirdilar.Bu eramizdan oldingi VI-V asrlardan boshlab eramizning XVII
asrigachabo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davrda matematika alohida fan tariqasid o’zining
predmeti va metodi bilan vujudga keladi. Masalan: Eramizdan oldingi VIV asrlarda qadimgi
Yunon matematikasida abstraktlashgan va qat‘iy mantiqlashgan geometriya vujudga keladi.
Bu Evklid geometriyasi nomi bilan ataladi. Bundan tashqari, butun va ratsional sonlar
arifmetikasi, Dedikend kesimi nazariyasiga o’xshash nisbatlarning umumiy nazariyasining
asoslari, limitlar nazariyasining elementlari yuza va hajmni hisoblashdagi ―Yetarli metod kabi
matematika
tarmoqlari vujudga keladi. O’rta Osiyo mamlakatlarida Muhammad al
- Xorazmiy
algebrani ijod etish bilan uni alohida fan darajasiga ko’taradi.O’rta Osiyo ensiklopediyasi
olimlari Al-
Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Ulug’bek,
G’iyosiddin Koshiy va boshqalar matematika faniga o’z hissalarini qo’shdilar.
J.Ikromov o’zining «Matematikani o’rganish tili» kitobida «Maktab o’quvchilarining
matematik madaniyati shakllanishi bir necha davrga bo’linadi» deb, ta‘kidlaydi.
Z.Otajonovaning "M
atematika o’qitishda O’rta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish"
(1981) o’qituvchilar uchun qo’llanmasi ham katta ahamiyatga ega. Taniqli olim Sayyidamin
Axmedovning "O’rta Osiyoda matematika taraqqiyoti va uni o’qitish tarixidan" nomli kitobida
O’rta osiyolik mashhur olimlar ijodi, madrasada matematikaning o’qitilishi O’rta Osiyoda
qo’llangan sanoq tizimi, arifmetik amallar, kasr sonlar arifmetikasi keng yoritilgan.
K.G. Kojaboevning «Maktabda umumiy matematikaning tarbiyaviy yo’nalishi» nomli
ilmiy ishid
a o’quvchilarni buyuk qomusiy olimlar al
-Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin
Tusiy, G’iyosiddin Koshiy, Al
-
Forobiy va boshqalarning ilmiy meroslarini o’rganish katta
ahamiyatga ega ekanligini qayd etgan.
O’rta Osiyo olimlarining matematika sohasidagi ishlari
va ularning fanni rivojlantirish
sohasidagi xizmatlari haqida ma’lumotlar berilgan. O’rta Osiyoda o’qitish tarixi muammolari,
o’qitish uslubiyati va o’qitishni mukammallashtirish masalalari tilga olingan. Shuningdek,
mashxur matematiklar va matematikaga qiziquvchilar Muhammad Muso al- Xorazmiy,
Nasafiy, Xo’jandiy, Beruniy, Sijovandiy, Koshiy, Kuboviy, Bobokalon Muftiylar haqida
ma’lumotlar bor. 13 Kitobdan o’rta maktab matematika darslarida tarixiy materiallarni
qo’llash maqsadida foydalanish mumkin.
A.P.Yu
shkevichning «O’rta asrlar matematikasi tarixi» ilmiy ishida matematika fanining
Xitoy, Hindiston, Islom mamlakatlari (arab davlatlari, O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon)dagi
taraqqiyotining umumiy bayoni berilgan. Muallif ko’p sonli tadqiqotlariga yakun yasab
,
matematika fani taraqqiyot tarixini yangicha tushunish haqida o’z xulosalarini bayon qilgan.
S.X.Sirojiddinov va G.P.Matviezskaya birgalikda 1978-
yilda o’quvchilar uchun Abu Rayhon
Beruniy haqida qo’llanma ham yaratdilar. Bu qo’llanma «Abu Rayhon Beruniy
va uning
matematikaga oid asarlari» deb ataladi. Unda O’rta Osiyo qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy
|