www. kokanduni.uz birga tarbiya ham ega bo’ladi va kitob haqidagi tasavvuri ham boyiydi. Ulug’ ajdodlarimizning
merosi yosh avlodni tariximizdan ma’naviy ozuqa olib, g’urur va iftixor bilan yashashga, o’qib
o’rga
nishga, ezgulikka chorlaydi. Xalqni ilm-
ma’rifatli qilish, san’at va madaniyatni
rivojlantirish, nashr ishlarini kengaytirish, turli davlatlar bilan ilmiy-
ma’rifiy aloqalarni
yanada kuchaytirish, eng muhimi, ta’lim
-
tarbiya masalalariga alohida e’tibor berib, o’z
asarlari, she’rlari orqali ma’rifatga chorlagan buyuk ma’rifatparvarlarimizning amaliy faoliyati
va tinimsiz sa
’y
-
harakatlari beqiyosdir. Umuman olganda, har bir davrda bo’lgani kabi
bugungi kunda ham allomalar ilmiy merosini tadqiq etish, sodda va tushunarli qilib xalqqa
yetkazish, ayniqsa, yoshlar ong-
u shuuriga ma’rifiy jihatlarni singdirish olimlar zimmasiga
ka
tta mas’uliyat yuklaydi. Bu borada, yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar
tarbiyasi hal qiladi” degan so’zlari negizida ham ulkan ma’no mujassam. Shubhasiz, yoshlar
ertangi kun egalari, ular qanchalik barkamol bo’lsa, jamiyat shunchalik taraqq
iy etadi.
Bugungi avlod ham ajdodlarga munosib voris bo’lgan holda turli fan sohalarini bilishlari, ilm
sirlarini chuqur egallashlari, ma’
rifatli, intellektual salohiyatli, keng dunyoqarash va mustaqil
fikrga ega shaxs bo’lishlarini globallashuv jarayonlar
i taqozo etadi. Zero, allomalar merosi
bebaho ma’naviy boylik, bilim duriga limmo
-lim xazinadirki, bu ilm-
u irfon injulariga to’la
xazina
bizni hamisha tarbiyalaydi va ulug’ ajdodlarga munosib avlod sifatida buyuk
maqsadlar, ulkan ishlarni amalga oshirishga undaydi.
Xulosam shundan iboratki, bobolarimiz tarixsiz kelajak yo’q degan. Bundan ko’rinib
turibdiki biz tariximizni bilmay turib o’z k
elajagimizni qura olmaymiz. Ajdodlarimizni tarixi
yosh avlodga ta’lim bilan birga tarbiya ham beradi. Shundey ekan bol
a yoshligidan unga
ajodlarimiz merosini o’rgatish darkor.