www. kokanduni.uz qilinmagan bo‘lsa, ota
-
ona va farzandlar o‘zaro munosabatlarida s
albiy sifatlar hukm sursa,
bunday
qadriyatlar yo‘q bo‘lib ketishi, ularning o‘rnini yot aqidalar egallashi mumkin.
Shuningdek, xotin-qizlar haq-
huquqini e’zozlash, oila daxlsizligi va mustahkamligiga
erishish, ota-onalarning farzand oldidagi, farzandlarning ota-ona nazdidagi burchi, qizlarni
oilaviy turmushga tayyorlash xususida ham ibratomuz fikrlar mavjud. Bu manbalarda
berilgan ma’lumotlar xalqimiz uchun milliy qadriyatlarga aylanib, qariyb 12 asrdirki, itoat etib
kelingan islom aqidalari tarzida genofondimizga kirib, xalq ijtimoiy ongsizligi tarzida xalqimiz
ruhiyati qa’riga singib ketgan.
Muhokama: Milliy manaviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning
mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini taminlashda muhim ahamiyatga ega. Xar
tomonlama rivojlangan, gormonik rivojlangan, m
illiy qadriyatlarimizni e’zozlaydigan
barkamol avlod tarbiyasida mahalla, ota-onalar va pedagoglarning ozaro xamjixatligi asosiy
omillardan xisoblanadi. Milliy qadriyatlarimizni e’zozlaydigan, o‘z hayot faoliyatida doimo
mi
llat g’ururi bilan ish olib borad
igan yoshlarning tarbiyalanishi millat kelajagini,
rivojlanishini ta’minlaydi.
Milliylik xalqning ruhiyati va manaviyati, ayniqsa, sanat va adabiyot rivojida yorqin
ifodalanadi. Ezgulik va poklikni, insoniylik va haqqoniylikni kuylagan buyuk asarlar, qaysi
janrda yoki qaysi tilda yaratilganidan qatiy nazar, jahonga taniladi, pirovardida yana shu
millatning xalqaro nufuzini yuksaltiradi.
Milliy manaviy qadriyatlar tizimida axloqiy sifat, diniy qadriyatlar munosib orin
egallaydi va milliy ozlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon boladi. Axloqiy
va diniy qadriyatlar aksari hollarda ozaro bogliq bolib, jamiyatning manaviy yuksalishida,
yosh avlod tarbiyasida birdek muhim ahamiyatga ega.
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmugs tarzida oziga xos mezon
vazifasini otaydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo
bolayotgan faoliyat turlari va rasmrusumlarga baho beriladi. Yosh avlodning hayotiy
moljallari, «zamona qahramoni» h
aqidagi tasavvurlari ham manaviy qadriyatlardan kelib
chiqib shakllanadi.
Milliy manaviy qadriyatlar ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat
rivojiga toganoq boladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Manaviyat, qadriyatlar va
milliy goya - jamiyat hayotining juda murakkab va serqirra, ozaro uzviy aloqadorlikda bolgan
sohalaridir.
Manaviyat, milliy qadriyatlar va istikdol goyalari alohida olingan har bir shaxs hayotida
ham, jamiyatdagi turli guruh va qatlamlar faoliyatida ham, umuman insoniyat taraqqiyotida
ham katta ahamiyatga ega. Millat va davlat taraqqiyotining malum davrlarida manaviyat va
milliy goya eng dolzarb, hal qiluvchi omil bo`lib maydonga chiqadi.
Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish joizki, oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash uchun
keng imkoniyatlar mavjud. Bu
–
milliy an’ana va qadriyatlar, milliy turmush tarzi, milliy
tarbiya, milliy axloq va odob, uch avlod, ya’ni, bobo
-buvi, ota-ona va bolalarning hamjihatlikda
yashashi jarayonida eng yuksak insoniy fazila
tlarni o‘zida tarbiyalab, shakllantirib borishi
shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ota va onaning shaxsiy ibrati ham bolalar uchun
muhim tarbiya maktabi vazifasini
o‘taydi.