562
www.
kokanduni.uz
BUYUK AJDODLARIMIZ MEROSI TARBIYADA KO’MAKCHI.
Muhammadjonova Dilnura
Boshlang
‘ich ta’lim yo’nalishi 1 bosqich talabasi
,
Valiyeva Nargiza
Qo
‘qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yurt kelajagi bo’lgan farzandlarimizni ma’naviyatli inson
qilib tarbiyalashda asosiy vositalardan biri ajdodlarimiz merosini o’rganish, ular izidan
boorish muhim a
hamiyat kasb etadi. Ta’lim tarbiya j
arayonini har tomonlama
takomillashtirish, yoshlarni barkamol avlod sifatida kamol topishi uchun xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
Barkamollik, ajdodlarimiz merosi, Hidoya, doston, etak, afsona, rivoyat,
alloma, meros, manaviy boylik.
Insoniyat rivoji, xalq, millat ravnaqi, ma’naviy takomili va yuksalishi ilm
-
u ma’rifatning
yuqori cho’qqiga yetganligidan dalolatdir. Bu esa, o’sha mil
lat, xalq, davlat va jamiyat
tamaddunining yuksak darajasini belgilovchi muhim mezondir. Inchunin, yuksak tamaddunga
ega millatning ildizi ma’rifat chashmasiga to’yingan, tanasi bilim, mevasi esa yetuklik,
barkamollik, komillikdir
. O’zbek xalqi ana shunday ma’rifat chashmasidan oziqlangan, ildizi
baquvvat, tarixda bir nechta renessans davrini bos
hlab bergan va dunyo tamadduniga ko’plab
daholarni yetishtirgan millatdir. Buyuklar qoldirgan chashma shu qadar pok va
takrorlanmaski, undan ichganing sari mudom bu chashmaga intilaverasan. Intilganing sari
o’zingda komillik, yetuklik, ezgulik kasb etib bo
raverasan. Darhaqiqat, bugungi avlod ham
ajdodlar qoldirgan ana shu ma’rifat chashmasiga intilib yashashi va ular merosini chuqur
o’rgangan holda tadqiq etishi va bu asosida, jamiyat ma’naviy yuksalishiga xizmat qilishi
lozim. Buyuk faqih Burhonuddin Marg’inoniyning “Hidoya” asari qimmatli manbalardan
bo’lib, necha asrdan buyon fiqh ilmiga oid izchil va mukammal qo’llanma sifatida o’qib
keli
ngan. Mazkur asar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan holda, islom huquqiga
oid qimmatli manba sifatida soha mutaxassislari tomonidan huquq va majburiyatlarni
belgilashda muayyan darajada asos bo’lib xizmat qilmoqda. Ta’kidlash lozimki, “Hidoya”
asari
jami 6 jilddan iborat bo’lib, 2 jildi to’liq va mukammal holda joriy alifboda nashr etildi. Olimlar
tomonidan asarning qolgan 4 jildini nashr etish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu albatta,
bizga boy merosimizdan bahramand bo’lish, ma’naviy kamolotimiz yo’lida istifoda etish
imkonini beradi. Bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri, zamon talabiga mos, ijtimoiy faol
avlodni tarbiyalashdir, bunda ajdodlarimiz merosi muhim rol o’yaydi. Bu yo’lda o’zbek xalqiga
xos bo’lgan odamgachilik, saxovatpe
shalik, kamtarlik kabi ezgu fazilatlarni yosh avlod qalbida
kurtak orttirishga alohida ahamiyat berishimiz kerak bo’la
di. Ajdodlarimizdan qolgan meros
yosh avlod uchun kuch, fidoiylik manbayi hisoblanadi. Boshlang’ich sinf darsliklarida berilgan
xalq og’za
ki ijodi namunalari
–
doston, etak, afsona, rivoyat, maqollar farzand farzand
tarbiyasida ma’naviy
-
axloqiy vosita bo’lib kelgan. Misol uchun ‘’O’zbek xalq ertaklari’’, “
O’zbek xalq maqollari” ruknida berilgan Alpomish, Rustamxon, To’maris, Shiroq timsoll
arida
yosh avlodda vatanga sadoqatli, qat’iyatli, o’z maqasadi yo’lida kurashishga undovchi obraz
sifatida nomoyon bo’ladi. Bu avlodlarimiz o’gitlarini kelajagimizga yoshlikdan ong
-ongiga
singitib borishimiz, ular tuganmas boylik ekanligini uqatirishimiz
kerak. O’qish darsliklarida
berilgan buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur
ka
bilarning hayoti, asarlarini o’rganish o’quvchilarga odob
-axloq fazilatlarini singdirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Yana misol tariqasida shuni aytish kerakki, Abu Ali ibn Sinoning
odob-
axloq to’g’risidagi asarida Bolani tarbiyalash va o’qitish haqidagi
fikrlarini
insonparvarligi va teranligi bilan ajralib turadi. Buyuk allomalarimiz kitob qadri, uning inson
tarbiyasidagi bebaho ahamiyatin
i yozib qoldirgalar. Bola bu asarlarni o’qiganda ta’lim bilan
|