Kalit so’zlar: obraz, partret, iymon, O’tkir Hoshimov, Shoikrom, Shone’mat, Xadicha,
Umri xola, montyor, qo’y suti
Barchamiz bilamizki, 1941-
1945 yillar oralig’i
da nafaqat bizning yurtda balki,
dunyoning barcha mamlakatlarida og’ir judolik bo’ldi. Bu urush qanchadan qancha insonlarni
yostig’ini quritdi, qanchadan qancha bolalarni yetimga aylantirdi, qanchadan qancha yu
zlar
bu urish yillarida tabassum nimaligini unitdi, hatto qarindoshlar bir-
birlaridan yuz o’girishga
majbur bo’ldi. Shunday qilib, bu urush insonlarni yetti uxlab tushiga kirmagan falokatlarni
olib keldi. Mashhur o’zbek yozuvchisi O’tkir Hoshimov aynan man
a shu barcha insonlarning
og’riqli nuqtasi bo’lmish, urush mavzusida o’zining mashhur “Urushning so’nggi qurboni”
asarini yozdi. Urush haqida o’zbek va jahon adabiyotida misli ko’rilmagan darajada ko’p
she’rlar, romanlar, hikoyalar va qissalar yozilgan. Lekin ularning ichida O’tkir Hoshimovning
“Urushning so’nggi qurboni” hikoyasi o’zgacha o’rin tutadi.
“Urushning so’nggi qurboni” asarida obrazlar portreti ham o’ziga xosdir. “Urushning
so’nggi qurboni” asari bir
-
biriga o’xshamas xarakterli qahramonlardan
tashkil topgan. Barcha
obrazlarning o’z tashvishlari, o’y
-fikrlari, qiyinchiliklari mavjud. Lekin bu insonlarni
barchasini g’am
-
qayg’ulari ildizida urush yotadi. Baxtdan tabassum qilishdan to’xtamaydigan
yuzlarga, qaytib kulishiga izn bermagan, bir kunda qora sochlarni oqartirgan-urush. Bu asar
qahra
monlari ham urush bo’lishini va guldek oilalariga putur yetishini hech o’ylab
ko’rishmagan. Asar boshlanishi ham asarning voqealar rivoji qanday bo’lishi haqida bir oz
ma’lumot berilgan. Asarning boshidayoq sal
biy holatlar tasvirlangan, barcha narsalar asardagi
voqealar rivoji ijobiy ketmasligiga ishora qilardi.
Asardagi bosh qahramonlar-
Shoikrom,Shone’mat, Umri xola va Xadicha. Shoikrom
oilaning katta farzand bo’ladi. Shone’mat bo’lsa oilaning kichik farzandi
ya’ni Shoikromning
ukasi bo’ladi. Xadicha Shoikromning xotini Umri xola esa Shoikromning onasi bo’ladi.
Shoikromning otasi erta olamdan ko’z yumgan va Shone’matni Shoikrom va Umri xola ikkasi
katta qilishgan. Urush boshlanganda barcha oiladan erkaklarni urushga olib ketishgan. Lekin
bu oiladan hech k
im urushga bormagan. Shoikromni to’qimachilik kombinatida montyor
yetishmasligi sababli olib qolishdi. Shone’mat bo’lsa sil kasaliga chalinganligi sababli urushga