Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə707/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   703   704   705   706   707   708   709   710   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
“Ona tili va o‘qish savodxonligi” fa
n
ida (milliy o‘quv dasturida boshlang‘ich sinflarda ona 
tili va o‘qish bitta fanga birlashtirilgan) grammatik qoidalarga emas, nutqiy ko‘nikmalarni 
rivojlantirishga urg‘u berilgan. 
Ona tili o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatnin
g asosiy turi: 
nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha har bir sinfda taqazo 
etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat 
jarayonida ,oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil 
ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, 
shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea
-
hodisalarga o‘z 
munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirishish malakasini egallab borish dinamikasi 
nazarda tutiladi. 
Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish davomida quyidagi manbalar o‘rganildi, tahlil 
qilindi hamda milliy xususiyatlar, ona tilimiz tabiati inobatga olingan holda dastur
mazmuniga singdirildi:
Amaldagi DTS a
sosidagi malaka talablari; amaldagi Ona tili o‘quv dasturi; amaldagi “Ona 
tili” darsliklari; amaldagi baholash mezonlari; AQSHning “Maktabgacha va umumiy o‘rta 
ta’lim bosqichlarida ingliz tili va matematikani o‘qitish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ta’
lim 
standartlari“ (Common Core); Yangi Zelandiyada ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha ta’lim 
standartlari (English In New Zealand Curriculum); Turkiyaning “Turkcha” fani o‘quv 
dasturlari, malaka talablari; 1-
9 sinflar uchun “Turkcha” fani darsliklari; 10
-12 sinflar uchun 
“Turk tili va adabiyoti” fani darsliklari; Kembrij maktablari uchun “Ingliz tili“ fani darsliklari; 
AQSHning Florida shtati “Ingliz tili” fani darsliklari; AQSHning Florida shtati “Ingliz tili 
san’ati” ta’lim standartlari (English Langu
age Arts Grade 0-
12), “Til o‘qitish metodologiyasi: 
o‘qituvchilar uchun qo‘llanma”(Devid Nunan); “Metodlar ortida: til o‘qitishning 
makrostrategiylari’’ (Bola Kumaravadivelu); “Til o‘qitishda yondashuv va metodlar’’ (Jek
Richards, Teodor Rodje
rs); “Til o‘qitish metodologiyasi” (Jek Richards, Villy Renandya); 
“Tilni aloqa vositasi sifatida o‘qitish” (Henry Viddovson); “Birinchi tilni o‘zlashtirish (Eve
Klark). 
Psixolingvistik tadqiqotlardan ma’lumki, insonning til qobilyati 4 xil kognitiv
malakaning 
o‘zaro bog‘liqligida rivojlanadi: eshitib tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qib tushunish, 
fikrini yozma bayon qilish. Eshitib tushunish va gapirish og‘zaki nutq shakli bilan bog‘liq, o‘qib 
tushunish va yozish esa tilning yozma shakli bi
lan, eshitib tushunish va o‘qib tushunish
psixologik tomondan nutqni qabul qilish jarayoni, gapirish va yozish esa nutq jarayonidir.
Tadqiqotimizda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan bir nechta 
o‘qituvchilar bilan suhbatlashdik: 
u
larning olib borayotgan faoliyati va ta’limdagi 
o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabatini bilishga qiziqdik. Quyida “Boshlang‘ich ta’limdagi 
islohotlar” mavzusida olib borgan kuzatuvlarimiz asosidagi tadqiqotlarimizni 

SWOT tahlilda 


keltirdik. 


643

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   703   704   705   706   707   708   709   710   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin