www. kokanduni.uz institutini yanada rivojlantirishga qaror qilishi hayot abadiyligini, har qaysi insonning baxtu
saodati, kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etadigan oilani yanada mustahkamlash va
farovonligini oshirish, bu borada olib borayotgan barcha ishlarimizni yangi bosqichga
ko’tarishdek olijanob rejalarni amalga oshirish ko’zda tutilgani hammamizga yaxsh
i ayon.
Oilalarning mustahkamligi va t
urmushning obodligi kelajak avlodning komil inson bo’lib
yetishi uchun tayanch hisoblanadi. Ushbu yilda ham ishlab chiqilgan Davlat Dasturi asosida
hamkorlik ishlarini tashkil etish zarur. Bunda oilaning ham, makatb va mahallaning ham
tashabbuskorligi va o
’zaro hamjihatliligi talab etiladi. Oila kabi mahalla ham jamiyatini
shakllantirishning ajralmas qismidir. Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o’zbek jamiyatida
jamoa bo’lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. „Mah
a
lla" so’zi arabcha „Mahallun"
so’zidan kelib chiqqan bo’lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy
-
joy mavzelari degan ma’noni
anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo’lib, o’tmishdan meros bo’lib
kelmoqda.Bejizga yurtboshimiz Mahalla-yurt
mustahkam bo’lsagina, davlatda osoyi
shtalik va
barqarorlik hukm suradi, deb ta’kidlamagan. Bir bolaga yetti mahalla ota
-ona degan naqldan
kelib chiqib kelajak avlodni tarbiyalash va unga ta’lim berish jarayonini amalga oshirish
borasida kichik Vatan bo’l
mish mahallaning oldida quyidagi vazifalar turadi: mahalla faollari
tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim
-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi
kerak bo’lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashishi va oqilona yechimlarini topishda
faollik
ko’rasatilishi, mahalla o’z hududida
gi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni
aniqlab, ularni qo’llab
-quvvatlab va farzandlarining bilim va tarbiya olishlariga bosh-qosh
bo’lishi,ma’nan nosog’lom oilalarni mahalla yig’inlarida muhokama qilish, u
larga nisbatan
jamoatchilik choralarin
i ko’rish, mahalla hududidagi o’quv
-tarbiya muassasalariga iqtisodiy
va ijtimoiy yordam ko’rsatilishini qo’llab
-quvvatlash, ota-onalar orqali bolalarni
tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur, vatanparvarlik, mi
lliy odob, mafkuraviy
onglilik, baynal
milallik kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama rag’batlantirish;yoshlarga
diniy mashablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini to’g’ri anglab yetishiga ota
-onalar
orqali ta’sir ko’rsatish, ulug’ ajdodlarimi
z
ning tarbiyaviy o’gitlarini singdirib
borishga
jamoatchilikni safarbar qilish; mahalla yig’inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura
g’oyalarini, respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan turli tadbirlar tashkil
qilishdir.
Xulosa o’r
n
ida shuni ta’kidlash joizki, bolanita
rbiyalashda, maktab, mahalla, oila
hamkorligi to’g’ri yo’lga qo’yilsa, ta’lim tarbiya sifati va samaradorligiga erishish va oldimizga
qo’ygan maqsadni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Qush uyasida ko’rgani
ni
qiladi” deganidek bola ham oilasida
qanday tarbiya ko’rsa jamiyatda ham mahallada ham
shuni ko’rsatadi. Ulug’ bir donishmandlardan biri “Agar sen bir yilni o’ylasang bug’doy ek,
hosini kuzning o’zidayoq olasan. O’n yildan keyinni o’ylasang, bog’ yarat,
u
ch to’rt yil o’tib,
meva beradi. Agar sen kelajak tashvishing bilan yashasang farzandlaringga yaxshi tarbiya
ber”
-
degan ekan. Bu bilan nima demoqchi ya’ni kelajaging bolang qolida sen unga qanday
tarbiya bersang shuni o’zingga qaytaradi.