www. kokanduni.uz 2.Jamiyatimizning har bir a’zosi uc
hun zarur bo
‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni
o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish.
3.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish.
Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi:
1)so‘z ustida ishlash;
2)so‘z birikmasi va ga
p ustida ishlash;
3)bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib, leksikologiya
(frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli
nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga
asoslanadi.
Professor S.Matchonov boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda aniq
belgilangan bir qator talablarga rioya qilinishi lozimligini uqtiradi:
1.O‘
quvchilar nutqi mazmun
dor bo‘lsin.
2.Nutqda mantiqiylik bo‘lsin.
3.Nutq aniq bo‘lsin.
4.Nutq til vositalariga boy bo‘lsin.
5.Nutq tushunarli bo‘lsin.
6.Nutq ifodali bo‘lsin.
7.Nutq to‘g‘ri bo‘lsin.
8.Nutq madaniyatli bo‘lsin.
Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vosit
adir, ayniqsa kichik yoshdagi
o‘quvchilarda. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli
hamdir.
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: “Nutqni o‘stirish va
rivojlantirish
jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining
ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar, balki sifat jihatdan o‘zgarish jarayonidir, zero
u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funk
siyalari,
tomonlari va
aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir”.
K.D.Ushinskiy bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini
dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishla
rining til bilan
tafak
kurning o‘zaro munosabatlarini falsafiy, o‘z
-
o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan
xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildiradi.
Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy
nazariyasiga va A.N.Leontevning faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga
oshirilgan.Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar
bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shaklla
ndi.
A.A.Leontev L.S.Vigotskiy va A.N.Leontevning qoidalariga tayangan holda, asosiy faoliyat
turi sifatida qaraydigan nutqiy faoliyat shakllanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning qayd
etishicha, bola nutqini rivojlantirish-bu eng avvalo, muloqot usullarini rivojlantirish b
o‘lib,
ularni o‘zlashtirish til qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi.Nutqni egallab olishning eng
muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi.Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi
paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bo
sqichlarni o‘rganishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil
qilmoqdalar.
K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, “…bola ikki
-uch yilda shuncha narsani oson va tez
o‘rganib oladik
i, keyin yigirma yil q
unt bilan astoydil o‘qigan taqdirda ham uning yarmini
o‘zlashtira olmaydi”.