www. kokanduni.uz Tabiiy geografiya kursi bo‘yicha quyidagi muamolarni hal etish na’munasini ko‘
rsatishi
mumkin:
1.
Mineral resurslar muammosi. Bunda o‘qituvchi minreal tesurslarni iqtisodiyotning
bosh tarmoqlarini rivojlantirish omili ekanligi, bunday resurslarga bo`lgan ehtiyojning
tinimsiz ortib borayotganligi, mineral resurslarning turlaridan xo`jalik ehtiyojlari yo`lida rejali
foydalanish kerakligini tushuntirib, bu kabi muammolarni hal etish bo‘yicha o‘quvchilar bilan
birgalikda yangi takliflar, g‘oyalar ishlab chiqadi.
2.
Jahonning biologik resurslaridan foydalani
sh muammosi. Bunda o‘qituvchi
o‘quvchilar bilan birgalikda o‘rmon mintaqasi joylashgan hududlar, jahon o’rmon
resurslarining kamayib ketayotganligi, janubiy mintaqa o’rmonlariga bir necha yuz yillar
davomida o’rmonni yoqib yer ochish va ekstensiv yaylov ch
orvachiligi katta zarar
yetka
zayotganligi, tropik o’rmonlarni saqlash yuzasidan BMT rahbarligida amalga
oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘quvchilarga ma’lumotlar berib, ularni bu muammolarning
yechimini topishga yo‘naltiradi.
3.
Sho’rlanish
va
cho’llanish
muammosi.
Muammoli
ta’limda
o‘
qituvchi
cho'llanishning tuproq yoki
o‘z
xususiyatlarini
yo‘qotadigan
yoki tabiiy hodisalar tufayli
tanazzulga uchragan tabiiy jarayon ekanligi, shunigdek,
cho'llanish hosildor tuproqning
yo'qolishini va qolgan ekotizimning o'z regulyativ funktsiyasini bajara olmasligini nazarda
tutadigan jarayonlardan biri ekanligini, cho‘llanish muammosi esa yerning ekin ekilmaydigan
yaroqsiz holga kelishi, cho‘llanish natijasida qashshoqlikning kelib chiqishi va boshqa
muammolar paydo bo‘lishini
misollar yordamida tushun
tiradi va muammoli ta’lim
texnologiyalari orqali o‘quvchilarning bu bo‘yicha mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
4.
Chuchuk suv tanqisligi muammosi. Aholi va shaharlarning tez o`sib borishi, qishloq
xo`jaligining kengayishi, sanoatning rivojlanishi suvga bo`lgan talabni oshirayotganligi,
insoniyatni kelajakda kutayotgan ichimlik suvi tanqisligi muammosi, insoniyatning ehtiyojini
qondiradigan ichimlik suvi daryo suvlaridan tejamkorona foydalanish kerakligi bo‘yicha
ma
’lumotlar beriladi va o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
5. Dunyo okeani boyliklaridan oqilona foydalanish muammosi. Bu geografik muammoni
talqin qilishda o‘qituvchi avvalo o‘quvchilarga dunyo okeanining mineral va biologik
resurslaridan foydalanishni
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, dunyo okeanining neft bilan qoplanishini
oldini olish, dunyo okeani insoniyatning oziq-
ovqatga bo‘lgan talabini qondirishi bo‘yicha
muammoli fikr-
mulohazalarni o‘rtaga tashlaydi va o‘quvchilar bilan hamkorlik
da bu
masalalarga to‘g‘ri yechim topib, o‘quvchilarning ijodiy izlanishlari va mustaqil fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantiradi.
6. Orol muammosi. O‘qituvchi Orol dengizining qurishi sababalarini, Orol dengizi qurigan
yerlardagi ekologik muvozanatning buzilganligi, buning aholi
salomatligiga salbiy ta’siri
bo‘yicha tushunchalar berib o‘tadi va Orol muammosini hal etish bo‘yicha dunyo hamjamiyati
tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni aytib o‘tadi, shuningdek, bu borada o‘quvchilarning
ham fikr va g‘oyalar
iga quloq tutadi. Bu orqali ularda kreativ qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Muammoli ta’lim boshqa ta’lim turlaridan o‘zining zamonaviyligi, muammoli vazifalarini
muvaffaqiyat bilan amalga oshiradigan, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, qarorlarqabul