756
www.
kokanduni.uz
6. 10 tagacha bo‘lgan predmetlarni to‘g‘
ri va teskari tartibda sanash malakalarini
mustahkamalsh.
7. 6,7,8,…10 sonlarining ayrim birikmalardan iborat tar
kibi bilan tanishtirish.
8. Arifmetik masala tuzilishi bilan tanishtirish.
Katta guruhda bolalarni sanoqqa o‘rgatish davom ettiriladi. 10 ichid
a miqdor sonlarni
ham, tartib sonlarni ham ishlatish malakasi mustahkamlanadi. Bolani “Qanday?” (buyumning
sifati
, alomati haqida: yashil, katta, dumaloq); “Qancha?” (buyumning miqdori haqida);
“Nechanchi?” (buyumning boshqa buyumlar orasidagi o‘rni tartib
son bilan aniqlanadi,
masalan, beshinchi) kabi savollarni farq qilgan (differensial) holda tushunishga o‘rgatish
muhimdir. Bolalarda sonlar orasidagi bog‘lanishlarni shakllantirish davom ettiriladi: har bir
keyingi son oldingisidan katta, oldingisi keyingisidan kichik. Shu asosda yonma-yon turgan
sonlar orasidagi munosabatlar haqidagi tasavvurlar o‘zlashtiriladi: ha
r bir keyingi son
oldingisidan bitta ortiq, har bir oldingi son esa keyingisidan 1 ta kichik. (5, 6 dan 1 ta kichik, 6,
5 dan 1 ta katta, 6, 7 dan.1 ta kichik). Bolalar bir son ikkinchisidan 1 ta kichik (yo katta)
ekanini o‘zlashtirganlaridan keyin, ularga
agar kichik songa 1 ni qo‘shilsa, keyingi katta son
hosil bo‘lishini, agar katta sonni 1 ta kamaytirilsa, kichik, ya’ni oldingi son hosil bo‘l
ishi
tushuntirib beriladi. Sonlar orasidagi bog‘lanish va munosabatlarning hammasi buyumlar
guruhlarini taqqoslash asosida tushuntiriladi. Bunday mashqlar jarayonida tarbiyachi
“qancha edi?”, “qancha qo‘shishdi (ayirishdi)?”, “qancha bo‘ldi (qancha)?” kabi
savollardan
foydalanadi.
Katta guruhda bolalarga har bir son o‘z ichiga ma’lum sondagi birliklarni olishi haqida
bilim berish zarur. 5 ichidagi sonlarning birliklardan iborat tarkibi haqidagi tasavvurlar ham
aniq misollarda shakllantiriladi.
Bolalar buyum
lar guruhlarini, ularning belgilari, sifati bo‘yicha tahlil qilishga, so‘ngra
sonning birliklarini aytishga o‘rga
tiladi. Masalan, tarbiyachi stol ustiga har xil rangdagi 4 ta
kubchani qo‘yib, kublar nechta?; qanday rangdagisi nechta?, deb so‘raydi. Oxirgi
savol
buyumlar miqdorini ularning ranglari bo‘yicha tahlil qilishga yo‘naltiradi: “Qaysi rang.dan
nechta?” –
“1 ta qizil, 1 ta ko‘k, 1 ta sariq, 1 ta yashil”. –
“Hammasichi?” –
“Hammasi 4 ta kub” –
Demak, 4
–
bu 1, 1, 1 va 1. Shundan keyin yana bolalardan
sonning birliklarini, so‘ngra
sonning o‘zini aytish so‘raladi (1,1,1 va 1 –
bu 4).
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni matematik tasavvurlarni shakillantirishda
buyumlar haqidagi har xil bilimlaridan, ularni differensiallash yoki guruhlarga birlashtirish,
alohida alomatlari bo‘yicha umumlashtirish malakalaridan foydalanish kerak. Masalan,
hammasi bo‘lib 5 ta o‘yinchoq bor. “Qancha?” –
“1 ta quyon, 1 ta ayiqcha, 1 ta ayiq, 1 ta
qo‘g‘irchoq, 1 ta tulki”.–
“Demak, 5 –
bu 1, 1, 1, 1, va 1”. Bolada butun miqdorini ko‘rish va uni
aytish, sonning birliklarini (sonni tuzuvchi har qaysi birlikni) aytish, ularni birlashtirib, bir
son bilan aytish malakasi shundan shakllantiriladi.
Bolalar olgan bilimlarini har xil topshiriqlar yordamida mustahkamlashi kerak. Masalan,
tarbiyachi sonli kartochka ko‘rsatadi va bolalarga buyumlarni, sonda nechta birlik borligi
ko‘rinnb turadigan
qilib joylashtirishni taklif qiladi. Yoki u 3 ta doirachali, sonli kartochkani
ko‘rsatadi, bolalar esa doira, uchburchak va kvadratni qo‘yadil
ar. Bolalardan 3 ta shaklni nega
ajratib sanaganini, u qaysi shakllarni ajratib qo‘yganini (1 ta doira, 1 ta uchb
urchak, 1 ta
kvadrat), 3 sonida nechta birlik borligini so‘rash mumkin. Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni
natural sonlarning hosil bo‘lishi b
ilan tanishtiradi: sonni bir birlik orttirish yoki kamaytirishga
qarab, katta yoki kichik son hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: