www. kokanduni.uz Aqli zaiflikning asosiy formalarini klinik tavsifi jarohatning patogenezi, salbiy ta’sirning
vaqti bilan chambarchas bog
‘liqdir.
Ontogenezning ilk bosqichlarida markaziy nerv tizimining jarohatlanishida (1,5-2
yoshgacha) birinchi navbatda pо‘stloq tizimining shakllanishiga zarar yetadi.
Jarohatlanishning morfologik kо‘rinishda va psixik nuqsonning klinik namoyon bо‘lishida
rivojlanm
ay qolish ustun bо‘ladi. Bunday hollarda oligofreniyalarning turli variantlari haqida
gapirish mumkin.
Kattaroq yoshda, ya’ni bosh miyaning pо‘stloq tizimining nisbatan yetilganroq davrida
yuz bergan salbiy ta’sir natijasidagi nerv tizimining mor
fologik v
a klinik kо‘rinishda
demensiyaning turli kо‘rinishlari ustunlik qiladi.
Tekshirish metodlarining takomillashib borishi munosabati bilan nerv sistemasining
genetik jarohatlanishi sabablariga katta ahamiyat berib kelinmoqda va aqli zaiflikning kelib
chiqishi
dagi kо‘p hollar ana shu sabablarga bog‘liq deb kо‘rsatilmoqda.
Aqli zai
flikning genetik formasiga xromosomalarning turli buzilishlari bilan bog‘liq
oligofreniya kiradi. Bunda xujayradagi xromosomalarning sonini
о‘zgarishi
, mozaik shaklda
b
о‘lishi (ba’zi x
ujayralarda xromosomalar sonini
о‘zgarishi
, xromosomalarning tuzilishini
buzilishi-xromosomalarning bir qismining y
о‘qolishi deletsiya), bir xromosomaning qismini
boshqasiga q
о‘shilishi (translokatsiya), xromosoma formasining о‘zgarishlari kuzatiladi.
Xromosomalar buzilishining sabablari turlicha b
о‘lib, ular tо‘liq aniqlanmag
an. Bularga
xususan ota-onalarning generativ xujayralarining t
о‘la rivojlanmaganligi (xromosomalar
qatorining not
о‘g‘ri bо‘lishi, yosh о‘tgan sari ularning «qarishi», kimyoviy moddalar
bilan
zararlanishi, surunkali kasalliklar, radiatsiya) kiradi. Ota-onalar jinsiy xujayralarining
rivojlanmay qolishida, xujayralarning b
о‘linishi jarayonida xromosomalarning ajralishi
buziladi va turli variantdagi xromosomalarning buzilishi kelib chiqadi.
Genetik sabablarga k
о‘ra oligofreniyaning ikkinchi guruh enzimolatiya
-turli
fermentlarning tug‘ma rivojlanmay qolganligi tufayli moddalar almashinuvining buzilishi
natijasida kelib chiqadi.
Hozirgi vaqtda genetik sabablarga k
о‘ra moddalar almashinuvining
buzilishi natijasida
kelib chiqadigan aqli zaiflik (fenilketonuriya, galaktozemiya, gistidinamiya, gistinuriya,
tirozimeniya, fruktozuriya va boshqalar) k
о‘p kuzatilmoqda. Eng kо‘p fenilketonuriya
uchraydi. Bu kasalliklarda ma’lum bir fermentning tug‘ma yо‘q bо‘lishi organizmda zaharli
moddalarni yig‘ilishiga olib keladi (fenilalanin, gistidin, arginin, leysin) va bolalarning miyasi
zaxarlanadi. Bunday buzilishlar bilan oligofreniyaning bir qator og‘ir formalarini kelib
chiqishi bog‘liqdir. Ularning patogen
ezini yoritish davolashning samarali y
о‘llarini topishga
yordam beradi.
Oligofreniyaning kelib chiqishida poligen turdagi irsiyatga ham alohida ahamiyat
beriladi. Bunda avlodda ota-onalardan
о‘tgan patologik irsiy omillarning tо‘planishi yuz
beradi.
Oligofreniyaning ekzogen formasiga shunday holatlar kiritiladiki, bunda nerv tizimining
rivojlanmay qolishga homilalik davrida bolaning miyasiga tashqi salbiy
ta’sirlar sabab bо‘ladi.
Bularga embrionlik, homilalik davrida turli surunkali (toksoplazmoz, sifilis va boshqalar)
va
о‘tkir (onaning homiladorlik vaqtida qizilcha, gripp, epidemik parotit, infeksiyali gepatit,
toshma chechak va boshqalar) yuqumli kasalliklarning ta’siri natijasida kelib chiqadigan
oligofreniyaning formalari kiritiladi. Ona organizmining alkogol, kimyoviy moddalar,
shuningdek ba’zi dori
- darmonlar (antibiotiklar, sulfanilamidlar, barbituratlar, xinin,
gormonlar va hokazo) bilan zaharlanishi ham oligofreniyaning kelib chiqishiga sabab b
о‘ladi.
Radiaktiv va rentgendan nurlanish ham homilaga va ota-onalarning hujayralariga patogen
tarzda ta’sir kо‘rsatadi. Onadagi turli endokrin kasalliklar ham (diabet, qalqon, bezlarining,