Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə975/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   971   972   973   974   975   976   977   978   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Yuqoridagi omillar dunyoqarashni shakllantirishning asosiy voasi
talari bo’lib, insonning 
dunyoqarashini shakllanib borishida o’ta muhimdir. 
Bolalarning dunyoqarashini shakllantirishda ikkita darajaga e’tibor qaratish kerak. 
Birinchisi, ularning kundalik hayotda ko’rgan kechirganlari tajribasi hamda faoli
yati natijasida 
to’plagan taavvurlari, qarashlarini tashkil qiladi. 
Ikkinchisini, kattalar tomonidan, jumladan ota-
onasi yoki bog’chadagi tarbiyachisi 
tomonidan o’zlashtirgan bilim, g’oyalar yig’indisini tashkil etadi. Mazkur dunyoqarshning 
shaklantiruvchi bosqichlarning ikkalasi bir-
biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, bir
-birini 
to’ldiradi. Dunyoqarashni shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab 
jarayon sanaladi. Agar uning qarashlari tizimi ong birligiga tayansa, inson dunyo haqida bir 
butun tasavvur hosil qiladi. Bundan kelib chiqadiki, dunyoqarashni shakllantirish bolaning 
intellektiga, irodasiga, his-
tuyg’usiga, uning amaliy faoliyatiga ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq.
Dunyoqarashning intellektual tarkibiy qismi borliqni bevosita hissiy aks ettirishdan, abstract 
tushunchali fikrlashgacha bo’lgan harakatni talab etadi. Bolalarning amaliy faoliyat sohasi 
yetarlicha keng bo’lishi mumkin. 
Bolaalrning yoshlikda dunyoqarashlarini shakllantirish oila davrasida bolalarning 
dunyoqarashini shakllantirishga asosan ertak, kichik hajmdagi hikoyalar va turli xil 
o’yinlarining o’rni juda katta bo’ladi.
Bu borada bolalarga metodik yondashuvlar asosiy vazifani bajaradi. 
Ta’lim berishda metodlarni qo’llanishi ta’lim oluvchilarning mantiqiy fi
krlashini 
shak
llantirish texnologiyasi, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi 
asosida amalga oshiriladi. Tegishli texnologiyalar o’quv
-
tarbiya jarayoning ma’lum tarkibiy 
qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, o’quv ko’ni
kma va malakalarini tarkib 
toptirishga xizmat qiladi. 
Ta’lim berishda bir qator tamoyillar: og’zaki, ko’rgazmali, amaliy, kitob bilan ishlash, 
namoysh qilish (video, tasvir orqali) orqali o’ziga xos vasifalari mavjud.
Shu o’rinda shuni aytish kerakki, ta’
lim jarayonida 
ta’lim tamoyillari o’z ichiga ta’lim 
metodlarini qamrab oladi. 
Og’zaki tamoyillarga hikoya, suhbat, tushuntirish, ma’ruza, munomala metodlarini, 
ko’rgazmalilik tamoyilda ta’lim berishda ko’rsatib berish orqali, amaliy tamoyillarda mashq, 
amaliy, laborator
iya(katta sinflarda), didaktik oyinlar, kitob bilan ishlash tamoyillairda o’qish, 
o’rganish, namoyish qilish tamoyllarida ko’rish, nazorat qilish, tasvirlash metodlarida
foydalaniladi. 
Bu borada xalq og’zaki ijodi namunalarini va kichik ha
jmdagi asarlarni hikoya qilish 
metodi orqali bolalarning his-
tuyg’ulariga, tasavvurlariga ta’sir etib, ularning dunyoqarashini 
shakllantirishga, axloqiy me’yor va qoidalarni tushunishga yordam beradi. Yaxshi bayon 
tavsifiga ega hikoya axloqiy tushunchalar beribgina qolmay, balki tarbiyalanuvchilarda 
madaniy xulq-atvor qoidalariga, ularning shakllanayotgan dunyoqarashiga ijobiy 
munosabatning yuzaga kelishiga xizmat qiladi. 
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlash davrida 
tajriba o`yinlarini tashkil etish ustida ishlashning eng afzal tomonlarini ta`minlovchi 
innovatsion texnologiyalardan va didakik o`yinlardan foydalanib bolaning dunyoqarashini 
shakllantirib borish bolaning aqliy tarbiyasini yanada oshiradi. Bolalar aqliy tarbiyaga ega 
bo’lishda bilim berib borish, bilish qobiliyaatini, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan 
pedagogik faoliyatning ta’siri orqali yuzaga keladi.
Bu borada bolalarning dunyoqarashlarining shakllanishida “Ilk qadam” Davlat 
dasturining o’rni 
juda katta. 
“Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi bolalarning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga 
qaratilgan bo’lib, ta’lim
-tarbiya jarayonining maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, kutilayotgan 


890

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   971   972   973   974   975   976   977   978   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin