555
www.
kokanduni.uz
xujjat asosida nogironligi bo’lgan shaxslarning turmush darajasi va s
ifatini yaxshilash, ularga
tibbiy-
ijtimoiy yordam ko’rsatish va reabilitatsiyasini, ta’lim
-tarbiyasini takomillashtirish,
inklyuziv ta’limni kengaytirish, axborotli muhitni yaratishga qaratilgan vazifalarni amalga
oshirish belgilab berilgan [4].
Sanab o’tilgan har bir xujjat yurtimizda barcha bolaga sifatli ta’limni ta’minlash kabi
ijtimoiy-siyosiy
vazifaning huquqiy-
me’yoriy asosini tashkil etadi.
Butun pedagogika tarixi dalolat berganidek, uning ilg’or namoyondalari hamma vaqt
jamiyatning ijtimoiy-tarixiy shart-
sharoitlariga muvofiq insonning har tomonlama uyg’un
r
ivojlanishini ta’minlaydigan ta’lim tamoyillari, shart
-sharoitlari, omillari, metodlari, tashkiliy
shakllarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlar olib borganlar. SHu o’rinda “Ta’lim”
tushunchasining ikki jihatini keltirish joizdir: bir tomondan bu ijtimoiy
tajribani o’sib
kelayotgan avlodga berish jarayoni, ya’ni ta’lim berish jarayoni bo’lsa,
boshqa tomondan bu
insonning ijtimoiy tajribani egallashi, ya’ni ta’limga yondosh tarbiya jarayonidir.
Ta’limga
berilgan bunday talqin zaminida uning mazmunini jamiyat taraqqiyotining omillaridan biri
sifatida tushunish yotadi[3]. Ta’lim jarayoni sog’lom bola kabi rivojlanishida muammolari
bo’lgan bolaga ham uning yoshi, imkoniyatlari uchun xos bo’lgan yet
akchi faoliyat turlarida
o’zini
-
o’zi
namoyon qilish imkoniyatini
yaratishga majbur. Bu imkoniyat ikki tomonlama
jarayon sifatida belgilanadi: bir tomondan, bu jarayon fanlardan bilimlar, malakalar, aqliy
faoliyat ko’nikmalarining berilishi
-deb tushunilsa,
ikkinchi tomondan, ularning ta’lim
-tarbiya
jarayonining sub’ektlari tomonidan ijobiy emotsional qabul qilinishi va ongli o’zlashtirilishi
deb tushuniladi. O’quv materialini emotsional qulay muhitda o’zlashtirilishi qator omillarga
bog’liqdir[4]:
1.
Umumiy
o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari va jamoasining alohida ehtiyo
jli bolaga
nisbatan tolerantlik munosabati.
2.
Ota-
onalar yoki alohida ehtiyojli bola yaqinlarining inklyuziv ta’
limdagi
bevosita
maqsadli ishtiroki.
3.
Inklyuziv sinf o’qituvchisining tor doiradagi mutaxassislar (logoped, defektolog,
psixolog, pediatr, nevropatolog, psixiatr, reabilitator...) bilan uzviy hamkorlikda ishlashi.
4.
Inklyuziv maktab rahbari, fan o’qit
uvchilari, psixolog, yetakchi va boshqa
xodimlarning inklyuziv ta’lim haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi.
5.
Alohida ehtiyojli bolaga sinfda o’zini qulay xis qilish imkonini beruvchi sog’lom va
barqaror psixologik muhit.
Sanab o’tilgan omillar asosida inklyuziv ta’lim muhitini yaratishning o’ziga xos
tomonlarini unutmaslik lozim. Ular:
-
bolalar uchun barcha fanlardan o’quv materiallarini taqdim etishning
optimal
vizualizatsiyasiga ustuvorlik berishga
ehtiyojning kattaligi;
- alohida ehtiyojli bolalarning fa
nlardan o’zlashtirish imkoniyatlari nutqiy rivojlanish
darajasiga bog’liqligi;
-
fanlardan beriladigan o’quv topshiriqlarining qiyinlik darajalarini bel
gilashda
individualizatsiyaga tayanishning muhim shartligi;
-
har bir o’quv fanni o’qitish samaradorligi
tayyorlov davri mazmuni va tashkil etilishiga
bog’liqligi;
-
fanlardan davlat ta’lim standartlarining bajarilishini ta’minlashda fanlararo
integratsiyaga tayanishning dolzarbligi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, o’zbek xalqining o’ziga xos xususiyatlari bo’lgan
mehr-
shafqat, o’zgalarga
yordam berish, muhtojlarni qo’llab
-quvvatlash kabi sifatlar
yurtimizda inklyuziv ta’limning samarali tashkil eti
lishi hamda rivojlanishida muhim tayanch
omildir.