Kommunikatsiyalar universiteti medialingvistika: nazariya va amaliyot


OʼQUVCHILАRDА LINGVISTIK KOMPETENTSIYALАRNI



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.11.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#70718
1   2   3   4
Xalqaro konferensiya 2021 removed

OʼQUVCHILАRDА LINGVISTIK KOMPETENTSIYALАRNI 
RIVOJLАNTIRISHDА ONА TILI FАNI MАVZULАRINI HАYOTGА 
BOGʼLАB TUSHUNTIRISHNING АHАMIYATI 
Muhayyo KENJAYEVA
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 
“Boshlangʼich taʼlim fanlari” kafedrasi oʼqituvchisi 
Аnnotatsiya: Ushbu maqolada oʼquvchilarning ona tili fanidan mustaqil va 
ijodiy fikrlashlari, past oʼzlashtiruvchi va iqtidorli oʼquvchilar bilan ishlash, 
tilshunoslik fanining morfologiya boʼlimidagi mavzularni hayotga bogʼlab 
tushuntirishning ahamiyati toʼgʼrisida fikr yuritilgan. 

Kalit soʼzlar: Kompetentsiya, morfologiya, mustaqil va yordamchi soʼzlar, 
hayotga bogʼliq misollar 
Jamiyat taraqqiyotida barcha fanlarning, ayniqsa, ona tili fanining ahamiyati 
beqiyos. Ona tili fanida oʼquvchilarga mustaqil va ijodiy fikrlash, nutqni oʼstirish, 
vaziyatga mos ravishda ogʼzaki va yozma shakllarda toʼgʼri, ravon va aniq ifodalash 
koʼnikmalari rivojlantiriladi. 
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktyabrdagi 
“Mamlakatimizda oʼzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini 
takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6084-sonli Farmonda ham 
oʼzbek tiliga boʼlgan eʼtibor kuchaytirilishi alohida taʼkidlangan. 
Barchamizga maʼlumki, bir necha bosqichli taʼlim tizimini joriy etishga qaratilgan 
“Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hujjatlari 
taʼlim tizimini keng isloh qilish, uzluksiz taʼlim tizimini barpo etish, taʼlim 


283 
mazmunini tubdan yangilash va taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini oshirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2017-yil 6 apreldagi 187-sonli qarori bilan “Umumiy oʼrta, oʼrta maxsus, kasb-
hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlari” tasdiqlandi.Ushbu qaror boʼyicha 
umumiy oʼrta taʼlimning davlat dasturi ishlab chiqildi. Dasturda barcha fanlarga 
tegishli tayanch kompetentsiya va xar bir fanlarga doir kompetentsiyalarni 
shakllantirish berilgan.
Bugungi kunda ona tili taʼlim jarayoniga kompetentlik tushunchasining 
kiritilishi nazariy bilim bilan amaliyotda foydalanishning ahamiyatli jihatlarini 
bilish nazarda tutilgan.Oʼquvchi nazariy bilimga ega boʼlgan holda, muammoli 
vaziyatlarni, qiynalish holatlarini bartaraf qiladi. Darhaqiqat, fanda hal etilgan 
muammolar kelajak avlodga yetkazish uchun bevosita taʼlim jarayoniga 
qoʼchiriladi. Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarda oʼquvchi shaxsini rivojlantirish, 
kelajak hayotga tayyorlashda ona tili fanini mukammal oʼrgatish, ogʼzaki va yozma 
nutqini shakllantirish asosiy oʼrinda turadi. 
K.D.Ushinskiy oʼquv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, 
shunday taʼriflaydi: “Аjoyib oʼqituvchi boʼlgan ona tili bolaga koʼp narsani 
oʼrgatadi....Bola ikki – uch yil ichida shuncha koʼp narsani oʼrganadiki, koʼp narsa 
bilib oladiki, yigirma yil qunt bilan va usul jihatdan juda toʼgʼri oʼqiganda ham 
uning yarmicha oʼrgana olmaydi. Ona tilining ulugʼ pedagogligi ham ana 
shundadir”.
Ona tilini yaxshi bilgan oʼquvchi tarbiya vositalardan biri boʼlgan yuksak 
gʼoyaviy va badiiy adabiyotlarni oʼqish imkoniyatiga ega boʼladi. Shu bois 
oʼqituvchi ona tili fanidan berilgan mavzularni hayotga bogʼlagan holda, hayotiy 
misollar orqali dars jarayonida, darsdan tashqari toʼgaraklarda tushuntirishi, 
izohlashi kerak.
Bu jarayonda quyidagi maqsadlar koʼzda tutilgan: 
- oʼquvchilarda ilmiy dunyoqarash qobiliyatlari rivojlantiriladi; 
- mavzularni tabiatga, hayotga oid misollar orqali tushuntirish oʼquvchining esda 
saqlash qobiliyatini shakllantiradi; 
- taʼlim jarayonida ona tili faniga doir bilimlar izchilligini taʼminlash orqali 
oʼquvchining muloqot madaniyati (kommunikativ kompetentsiya), ijtimoiy faol 
fuqarolik va lingvistik kompetentsiyalari rivojlantiriladi. 
Hozirda oʼqituvchilar oʼquvchilar bilan muntazam shugʼullanib, toʼgarak 
mashgʼulotlarida “past oʼzlashtiruvchi” va “iqtidorli oʼquvchilar” bilan muntazam 
ish olib borishmoqda. Bu esa oʼquvchilarning bilim samaradorligini oshirishda 
yaxshi natija bermoqda. Shu sababli ona tili fanidan berilgan mavzularni hayotga 
bogʼlab tushuntirishning ahamiyati katta, chunki oʼquvchilarga toʼgarak 
mashgʼulotlarda mavzular yanada soddalashtirib beriladi. Bunday hayotiy misollar 


284 
orqali mavzularni tushuntirishda oʼqituvchidan ijodkorlik, oʼquvchilarning yoshi va 
shaxsiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yetkazib bera olishi, 
oʼquvchilarni oʼylashga, izlanishga yoʼnaltirishni talab etadi. 
Maʼlumki, morfologiya grammatikaning bir qismi boʼlib, unda soʼzning shakllari, 
hosil boʼlish yoʼllari va soʼzlarning maʼlum belgilar asosida guruhlarga, yaʼni soʼz 
turkumlarga boʼlinishi oʼrganiladi. Morfologiya grekcha soʼz boʼlib, “morfos” soʼz, 
“logos” taʼlimot maʼnolarini anglatadi.Yaʼni soʼz shakllari haqida maʼlumot 
beruvchi boʼlim sanaladi. Oʼquvchilarga morfologiya boʼlimidagi mavzular dastlab 
boshlangʼich sinflarda beriladi. Maktabda morfologiya oʼqitishning ham ilmiy, ham 
amaliy ahamiyati bor. Mustaqil soʼz turkumlari va yordamchi soʼz turkumining 
aksariyati boshlangʼich sinf ona tili fanida, hamda 5-6 sinf ona tili darsligida 
oʼrganiladi.
Morfologiya boʼlimida oʼrganiluvchi “Mustaqil soʼzlar” va “Yordamchi 
soʼzlar” mavzusining berilishi quyidagicha: 

Аtash maʼnosiga ega boʼlgan, maʼlum soʼroqlarga javob boʼluvchi, gap boʼlagi 
vazifasida keladigan soʼzlarga mustaqil soʼzlar deyiladi. 

Аtash maʼnosiga ega boʼlmagan, maʼlum soʼroqlarga javob boʼlmaydigan gap 
boʼlagi vazifasida kela olmaydigan soʼzlarga yordamchi soʼzlar deyiladi.Yordamchi 
soʼzlar mustaqil soʼzlarni bogʼlashda, tobelantirishda xizmat qiladi 
Ushbu mavzularni 5-sinf oʼquvchilariga tushuntirishda hayotga bogʼlagan 
holda misollar orqali yoritilsa yanada yaxshi boʼladi. Mavzuning qoidalaridan kelib 
chiqqan holda misollarni taqqoslash oʼquvchilar uchun qiziqish uygʼotadi 
Masalan, ota-onani mustaqil soʼz deb olsak, ular mustaqil ishlay oladi, 
mustaqil tarbiyalaydi, farzandlariga masʼul boʼluvchi shaxslardir.
Yordamchi soʼzlar bu-farzandlar, yaʼni mustaqil ishlay olmaydi, mustaqil 
tarbiyalamaydi, faqat ota – onaga yordam beruvchilardir. 
Mustaqil soʼzlar: ot,sifat,son,olmosh,ravish, feʼl soʼz turkumlaridir. 
Yordamchi soʼzlar: bogʼlovchi , koʼmakchi , yuklamalardir. 
Masalan: bola , inson, tikuvchi, kitob, bayroq kim? nima?
Yashil, sariq, shirin, odobli, qanday? 
Oʼnta, uchinchi, beshinchi, nechta? nechanchi?
bordi, yugurdi, aytdi, nima qildi ?
oz, koʼp, ancha, kecha, bugun, tez, qachon? qancha? qanday? 
men, sen, biz, siz, ular, oʼsha, bu, kim?, qaysi?... mustaqil soʼzlar 
Masalan: va , bilan,ham, ammo, biroq , balki, lekin , goh-goh, yo-yo, -u,-yu,-da, -ku, 
-mi, -chi, -a ,-ya ,faqat, chunki kabi, sari, sayin, orqali, uchun yordamchi soʼzlar 
hisoblanadi.
Bogʼlovchi – Uyushiq boʼlaklarni va qoʼshma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-
biriga bogʼlash uchun xizmat qiladigan yordamchi soʼzlar bogʼlovchi sanaladi. 


285 
Bogʼlovchi gap boʼlagi vazifasida kelmaydi. Ular quyidagilar: va, bilan, ham, 
ammo, lekin, biroq, balki, negaki, chunki, goh-goh, dam-dam, baʼzan-baʼzan, yo-yo. 
Quvnoq va shoʼx kuylarga joydir, goʼzal Vatanim. (va –bogʼlovchi) 
Tanalaridagi ozgina namlik bilan ularga hayot baxsh eta boshladi, ammo kunlar 
oʼtgan sari bargchalar kattalashib,koʼproq suv,koʼproq oziq-ovqat soʼray boshlashdi. 
(ammao- bogʼlovchi). Mustaqil soʼzlar bogʼlovchilar yordamida oʼzaro teng 
bogʼlangan.
Bogʼlovchi mavzusining nomlanishiga eʼtiborni qaratamiz. Bogʼlovchi nima? U 
nimani bogʼlaydi? Misollar orqali yoritganda, bogʼichni yaʼni oyoq kiyimni 
mustahkam bogʼlovchi vosita deb olsak. Bogʼich oyoq kiyimning har ikkala 
tomonini mustahkam va teng bogʼlaydi. Bogʼich har ikkala tomonni bogʼlash bilan 
birga oyoqda mustahkam turishida xizmat qiladi. Mavzuga qiyoslaydigan boʼlsak, 
bogʼlovchi mustaqil soʼzlarni bogʼlashda xizmat qilsa, bogʼich esa oyoq kiyimning 
ikkala tomonini teng bogʼlashda xizmat qiladi. 
Koʼmakchi - otlarning boshqa soʼzlarga tobe bogʼlanishi uchun xizmat 
qiladigan yordamchi soʼzlarga koʼmakchilar deyiladi. Koʼmakchilar koʼpincha 
otlarni feʼlga bogʼlab keladi. Koʼmakchilar: sari, sayin, orqali, kabi, uchun, tufayli, 
soʼng, koʼra, tomon, boʼylab, haqida soʼzlari bilan ifodalanadi. Masalan: Shahar 
tomon ketdi. Daryo boʼylab yurdi. (tomon, boʼylab – koʼmakchi) 
Dastlab koʼmakchi soʼziga eʼtiborni qaratamiz. 
Koʼmakchi soʼzi, koʼmak bermoq, koʼmaklashmoq, yordamlashmoq 
maʼnosida keladi. Hayotiy misollar orqali tushuntirsak, ish va yumushlarda yordam 
berish, koʼmaklashish nazarda tutiladi. Masalan: Odil doʼstiga koʼchatlarni ekish va 
daraxtlarni oqlashda yordam berdi. 
Demak bir inson ikkinchi insonga koʼmaklashgani singari koʼmakchilar ham 
otni feʼlga, otni sifatga, otni ravishga tobelantirib bogʼlashda koʼmaklashadi. Ona 
kabi mehribon - otni sifatga, mustaqillik haqida gaplashdik – otni feʼlga bogʼlashda 
koʼmakchi ishtirok etayapti. 
Ona tili fanidagi mavzularni darsdan tashqari toʼgaraklarda hayotga bogʼliq 
misollar orqali tushuntirishning mohiyati shundaki, oʼquvchilarni fikrlashga 
oʼrgatadi, aniq fikr va materiallarni oʼrganib, mulohaza yuritishni, fikr bildirishni 
taʼminlaydi, oʼquvchilarni izlanishga, qidirib topishga va oʼzi mustaqil fikrga ega 
boʼla olishini, taʼlim jarayonida boshqa ishtirokchilar bilan munosabat va 
hamkorlikka faol kirishib ketishni oʼrgatadi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin