Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə436/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   466
TATU Falsafa

485
 
yaratishdan iborat. Umuman olganda, fan bilan texnika o‘zaro bog‘liq 
bo‘lib, yagona, ilgarilab boruvchi ijtimoiy taraqqiyotning asosi 
hisoblanadi. Fan va texnikaning rivojlanishi, ular orasidagi o‘zaro 
bog‘lanishni mustahkamlash bilan birga texnologiyning ham 
yangilanib va o‘zgarib borishini taqozo etadi. Fanning texnikaga 
nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon bo‘ladi, fan 
texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. O‘z navbatida, 
texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning oldiga yangi 
talab va vazifalar qo‘yadi. 
Hozirgi zamon fan texnika inqilobining xarakterli xususiyati uning 
sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xo‘jaligi, 
transport, aloqa, tibbiyot, ta’lim, maishiy xizmat kabilarni qamrab 
olganligidadir. Nanotexnologiyalar borasida olib borilayotgan izlanishlar 
ham bundan dalolat beradi. Xo‘sh, nanotexnologiya nima? 
Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo‘q, 
ammo mavjud mikro­texnologiya asosida bu o‘lchamlarni nanometrdagi 
texnologiya deb yuritish mumkin. Shuning uchun mikrodan nanoga 
o‘tish bu moddani boshqarishdan atomni boshqarishga o‘tish demakdir. 
Sohaning rivoji deganda esa asosan uchta yo‘nalish tushuniladi: 
- o‘lchami atom va molekulalar o‘lchamlari bilan solishtirarli 
elektron sxemalarni tayyorlash; 
- nanomashinalarni loyihalash va ishlab chiqish; 
-alohida atom va molekulalarni boshqarish va ulardan alohida 
mikro obyektlarni yig‘ish. 
Bu yo‘nalishdagi izlanishlar ancha vaqtdan buyon olib borilmoqda. 
1981 yilda tunnelli mikroskop yaratilib, alohida atomlarni ko‘rish 
mumkin bo‘ldi. Shundan buyon texnologiya sezilarli takomillashtirildi. 
Bugun bu yutuqlarni kundalik hayotda ishlatamiz: lazerli disklarni ishlab 
chiqarish, 
jumladan, 
DVD 
disklardan 
nanotexnologik 
usulsiz 
foydalanish mumkin emas. 
Bugun nanotexnologiyalar va biologik identifikatsiya - (insonni 
biologik faktorlaridan kelib chiqib, uni tanib olish. Misol uchun: barmoq 
izlari, ko‘zi, yuz tuzilishi, va b.) ijtimoiy hayotning deyarli barcha 
sohalariga kirib bormoqda. Xususan, tibbiyotda odamning tanasida 
paydo bo‘ladigan barcha kasalliklarning oldini oluvchi yoki davolovchi 
molekulyar 
nanorobotlarni 
yaratish 
ustida 
izlanishlar 
davom 
ettirilmoqda. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin