486 Gerontologiyada insonning jismoniy boqiyligiga, odam tanasidagi
hujayralar qirilishining oldini oluvchi, odam organizmi to‘qimalarining
ishlashini yaxshilash va qayta qurish uchun molekulyar robotlarni
kiritishga oid tadqiqotlar amalga oshirilib, yaqin kelajakda uning
amaliyotga
tatbiqi
ko‘zda
tutilmoqda.
Umuman
olganda,
nanotexnologiyalardan sanoatda, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni
oshirishda, ekologik muvozanatni ta’minlashda, koinotni o‘zlashtirishda
foydalanishga oid tadqiqotlar olib borilib, barcha tashkiliy qismlarga
mantiq elementlarini kiritish hisobiga biz yashayotgan atrof-muhit
«aqlli» va inson yashashi uchun to‘la qulay bo‘lib qolishiga erishish
maqsad hisoblanadi.
Internetning
paydo
bo‘lishi bilan hayotmizning ko‘plab
jabhalarida, jumladan, maktablar va oliy ta’lim muassasalaridagi barcha
jarayonlar, qolaversa, kundalik maishiy xizmatlar, biznes va menejment,
yuridik va konsullik xizmatlarigacha birin-ketin virtual dunyoga ko‘cha
boshladi.
Internet
rivojlanishi
barobarida
uning
texnik-texnologik
imkoniyatlari va auditoriya qamrovi ham oshib bordi. “O‘rgimchak
to‘ri” insonlarning an’anaviy suhbatlashuv shaklini tubdan o‘zgartirdi.
Olis masofadan turib nafaqat eshitish, balki ko‘rish imkoniyatining
yuzaga kelishi bilan virtual suhbatlar keskin ommalashdi. Statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo yoshlarining 96 foizi ijtimoiy tarmoqlar
vositasida o‘zaro muloqotga kirishmoqda.
Keyingi 10–15-yil davomida dunyo matbuotida eng ko‘p
muhokama qilinib kelinayotgan masalalardan biri bu – Internetning
yoshlar auditoriyasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligi bilan bog‘liq.
Tarmoqni ayrim xorijiy ekspertlar majoziy ma’noda o‘tkir boltaga
o‘xshatadi: uning yordamida qurigan daraxtni chopib, undan o‘tin
tayyorlash mumkin yoki aynan shu bolta bilan gullab-yashnab turgan
daraxtni yakson qilish ham mumkin. Shu sababdan jahon tarmog‘ini
faqat maqtash yoki aksincha uni qoralash mantiqsizlikdir.
XXI asr yutuqlaridan yana biri sun’iy intellekt bo‘lib, mobil
qurilmadagi dasturlar: google-tarjimon, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va
hokazolar uning yaqqol misolidir.
Sun’iy intellekt — odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar:
tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va
shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratishdir. Bugun
sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda