Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə434/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   466
TATU Falsafa

483
 
Ular insoniyat hayoti tarzi modelini an’anaviy industrial va 
postindustrial ko‘rinishda qarab, navbatdagi bosqich – kelajakni 
axborotli texnikaviy yoki axborotli – ekologiyaviy 
tarzda yuz berishini bashorat qilganlar. Ushbu jamiyatda asosiy e’tibor 
mashinalarni o‘zgartirishga emas, balki kishilar ongi va madaniyatini 
o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Olamni tushunish, hayotda ortda 
qolmaslik 
uchun 
har 
bir 
shaxs 
o‘z
qobiliyatlarini rivojlantirishi, uzluksiz ta’lim bilan shug‘ullanishi, keng 
miqyosda o‘rganishi zarur boladi. Ana shunday jamiyat postindustrial
information jamiyat sifatida talqin etiladi.
Bugungi axborotlashgan jamiyatda yangi texnologiyalar, kompyuter 
dasturlari, telekommunikatsiya imkoniyatlari jamiyat hayotining barcha 
sohasini, uning ma’naviyat, ijtimoiy–madaniy, iqtisodiy hayotini tobora 
ko‘proq qamrab olmoqda. 
Texnika 
(
yunon. techne
— mahorat, san’at) — ishlab chiqarish 
jarayonlari va jamiyatning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
ehtiyojlarini amalga oshirish maqsadida inson faoliyati bilan 
yaratiladigan 
vositalar 
majmui
1
bo‘lib, u inson mehnatini 
yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. 
Texnika tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, yer qa’rini, dunyo 
okeanini, kosmik fazoni o‘zlashtirishga imkon beradi. "Texnika" atamasi 
biror ish (hunar) yoki san’atda qo‘llaniladigan usullarni ham bildiradi 
(mas., to‘quvchilik texnikasi, etikdo‘zlik texnikasi, shaxmat o‘yini 
texnikasi va boshqalar).
 
Texnologiya
(
yunon. techne
— san’at, mohirlik, uquv va 
logos
— 
ta’limot) – sanoat, qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa 
sohalarda mahsulotlar olish ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash 
usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish 
va takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan fan. Har bir sohaning o‘ziga 
xos texnologiyasi mavjud: kon ishlari, mashinasozlik, qurilish, qishloq 
xo‘jaligi texnologiyalarini ko‘rsatish mumkin. Har qaysi operatsiyani 
o‘ziga xos bajarish usullari bor.
Texnika vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, 
yangicha mahsulot ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilishi bilan yangidan 
yangi texnika yaratiladi. Texnika uzoq tadrijiy taraqqiyot tarixiga ega 
bo‘lib, uning ibtidosi ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Ibtidoiy jamoa 

1
Falsafa ensiklopedik lug‘at.-T., 2010. 258-bet. 







Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin