rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qanday sohalarni
takomillshtirish ko‘zda tutilgan?
a) Mamlakatimizni modernizatsiya qilishda parlament va siyosiy
partiyalarning rolini yanada kuchaytirish.
b) Qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini
ta’minlash, iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish.
v) Ijtimoiy sohani rivojlantirish, davlatning mustaqilligini
mustahkamlash, mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlikni vujudga
keltirish.
g) Barch javoblar to‘g‘ri.
494
XULOSA
Mazkur o’quv qo’llanmada biz falsafanning kelib chiqishi va rivojlanishi,
nazariy asoslari, ular yordamida borliqni inson ongida aks etish va bilish qoidalari
va shu asosda insonning dunyoqarashini, tafakkurlash madaniyatini yuksaltirish,
uni ma’naviy kamol toptirish, mustaqillik sharoitida jamiyatni ilmiy bilish va ilmiy
boshqarish, inson va insoniyat istiqboli kabi o’ta dolzarb va murakkab muammolar
ustida so’z yuritdik.
Bundan yaqqol ko’rinib turibdiki, falsafa fundamental nazariy fan bo’lsa-da,
uning markazida turgan muammolar hayotdan ajralib qolgan mavhum qoidalar
emas, balki hayotning o’zidan kelib chiqqan, davrimizning diqqat markazida
turadigan va hammani qiziqtiradigan muammolardir.
Falsafa - o’zining mohiyatiga ko’ra, insonparvar fandir. U muayyan
sinflarning,
ijtimoiy
guruhlarning,
siyosiy
partiyalarning
ehtiyojlarini
qondirishdagina emas, balki insonning baxt-saodati, kamolotini ta’minlashga,
jamiyatimiz milliy davlatini mustahkamlab, millatlar o’rtasida hamkorlik,
hamjihatlikni rivojlantirishga, shu asosda respublikamizning iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy va madaniy-ma’naviy sohalarida ro’y berayotgan ziddiyatlarni tinchlik
yo’li bilan bartaraf etish kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishga qaratilgan
insonparvar, insonsevarlik ruhi bilan sug’orilgan fandir.
Falsafa fanini azaldan qiziqtirib kelayotgan masalalar umuminsoniy
qadriyatlar bilan bog’liq bo’lgan muammolardir. Inson erki va huquqlarini himoya
qilish, yer yuzida tinchlikni saqlash, qurollanish poygasini to’xtatish, xalqaro
xavfsizlikni ta’minlash, xavfli kasalliklarni, ocharchilik, irqchilik, millatchilikning
oldini olish, atrof-muhitni muhofaza etish, fan-texnika yutuqlaridan insoniyat
hayotini yaxshilash yo’lida foydalanish kabi umumbashariy muammolar hozirgi
davr uchungina emas, balki kelajak hayot uchun ham juda muhim va katta
ahamiyatga ega bo’lgan falsafiy muammolardir. Ularni chuqur va atroflicha tahlil
qilish kishilarning falsafiy fikrlash mahoratini oshirishni talab qiladi.
Falsafa fani qotib qolgan emas, u muttasil rivojlanib boradigan fandir.
|