Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə443/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   466
TATU Falsafa

495
 
Buning asosiy sababi hayotning o’zidadir. Chunki hayot murakkab, ziddiyatli, 
doimiy ravishda o’zgarib turadigan jarayondir. Shu sababli hayot inson uchun eng 
katta falsafiy maktabdir. Hayotning o’zgarishi bilan falsafaning muammolari ham 
qonuniy ravishda o’zgarib turadi. Hozirgi sharoitda bozor iqtisodiyotiga o’tish o’z 
navbatida yangicha falsafiy tafakkurni talab etadigan bir qator muammolarni 
o’rtaga tashlamoqda. «Biz egallashimiz kerak bo’lgan yana bir murakkab masala 
bor, - deydi birinchi Prezidentimiz I.Karimov, - bu odamlar ruhiyatini o’zgartirish, 
bozor psixologiyasini shakllantirishdir”
1
. Yangi hayotiy masalalarga eskicha 
yondashib bo’lmaydi. Shunday ekan, falsafa muammolariga o’zgarmas, qotib 
qolgan qoidalar sifatida qaramasdan, ularni hayot bilan taqqoslab, hayot talablari 
asosida rivojlantirib, ilmiy bilish va amaliy faoliyatga tatbiq etish kerak. Buning 
uchun falsafaning ayrim qoidalarini emas, balki uning butun ruhini chuqur va 
atroflicha o’zgartirib olish lozim. 
Falsafa hozirgi davrimizning buyuk ma’naviy, aql-idrok boyligidir. Uni 
mukammal egallab olish – davr talabidir. Ushbu o’quv qo’llanmada yosh avlodlar 
qalbida falsafa faniga qiziqish uyg’otib, ularning ijodiy tafakkurlash madaniyatini 
shakllantirishga hissamizni qo’shgan bo’lsak oldimizda turgan maqsadga erishdik, 
deb bilamiz 

1
Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.- 


T.:“O’zbekiston
",1995.-44-bet.




496
 
FALSAFIY TUSHUNCHA VA ATAMALAR
 
Aa 
Absolyut
 
(lotincha - har qanday munosabatlar, shartlardan ozod,mutlaq, 
mustaqil, 
mukammal) 

falsafada 
absolyut 
borliq 
yoki 
absolyut 
voqelik(Shellingda), absolyut ruh, ya’ni oliy dunyoviy aql (Gegelda)absolyut 
shaxs, ya’ni Xudo (xristianlikda) absolyut qadriyat (Aflotun asos solgan metafizik 
idealizmda), absolyut axloq, kategorik imperativ yoki burch qonuni (Kantda), 
mustaqil mavjudotning individuallikdan yuqori substantsional asos (Fixteda), iroda 
(Shopengauerda), intuitsiya (Bergsonda) bilib, anglab olinganligidan qatiy 
nazar‚hamma narsa absolyut ahamiyat kasb etadi. Abstraktsiya (lot. abstgastio — 
mavhumlik) - bilish shakllaridan biri bo’lib, u narsalarniig bir qancha xossalarini 
va ular o’rtasidagi munosabatlarni fikran nazardan soqit qilishdan‚ hamda biron bir 
xossa yoki munosabatlarni ajratib ko’rsatishdan iborat.

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin