499
asoslari yaratildi.
Jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlar
— xalq ommasi, buyuk shaxslar,
ijtimoiy tabaqalar
Zz
Zardushtiylik
ta’limoti. Eramizdan avvalgi
X asrdan eramizning VII
asrlarigacha bo’lgan davr mahsuli bo’lgan diniy-falsafiy ta’limotlardan biri
zardo’shtiylikdir.
Zardushtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. unda qadimgi xalqlarning dunyo
to’g’risidagi tasavvurlari, o’ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda
olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari- yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va
zulmat,
issiqlik va sovuqlik, hayot va o’lim borasidagi qarashlar o’z ifodasini
topgan. «Avesto»da, shuningdek,
tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid
ma’lumotlar ham berilgan.
Zaruriyat
va tasodif. Ob’ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif
kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat –
narsa va
hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-
sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa – zaruriyatning namoyon bo’lish
shaklidir.
Dostları ilə paylaş: