Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə454/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   466
TATU Falsafa

507
 
mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat — substantsiya yotadi, deb hisoblovchi 
ta’limotni monizm deb atashadi. Faylasuflar substantsiya sifatida biror jismni
hodisani, materiyani, g’oyani yoki ruhni olishgan.
Suqrot
(eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi 
YUnon faylasufi. «Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi 
bilan shug’ullangan, hurfikrli inson, kambag’aldan chiqqan, tosh yo’nuvchining 
o’g’li, o’ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo’lgan. 
Sunna 
- hadislar majmui bo’lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to’ldiradi. 
Unda Muhammad payg’ambarning so’zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis sh
aklida jamlangan. 
Sxolastika
- so’zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo’lib, «o’qish 
joyi»,»maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o’qituvchilik 
qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o’qituvchilarni sxolastlar deb 
ataganlar. SHuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini 
ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga 
moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish deb ham 
baholash mumkin.
Stsientizm
(lot scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy 
muammolarni hal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini 
asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm g’oyalari, neopozitivizm, texnologik 
determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi 
Tt 
Tamoyil
— yo’nalish, tendentsiya, moyillik. 
Taraqqiyotning o’zbek modeli
– jamiyatning tadrijiy rivojlanish 
kontseptsiyasi sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning 
rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va 
xalqimiz mentalitetiga tayanadi. 

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin