Ma’naviyat
— jamiyat va alohida shaxsning ma’naviy olami, ruhiy
holatining ma’no mazmunini ifodalovchi tushuncha.
Ma’rifatparvarlar
— ilm-fan, bilim, madaniyat, ta’lim-tarbiyani taraqqiy
ettirishning tarafdorlari.
Metafizika
— XVII asrda shakllanib narsa va hodisalarni bir-biridan
ajratib harakatsiz, qotib qolgan holda tahlil etuvchi usul.
Metafizika – grekcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’noda «fizikadan keyin» degan
mazmunni ifodalaydi. Bu tushuncha, falsafa tarixida birinchi marta, £adimgi
Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotelning «Ilk falsafa» deb atalgan asarlariga
nisbatan ishlatilgan. Ko’p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talqin
etiladigan metafizika olamdagi narsa va hodisalarni o’rganishda ularning muayyan
vaqt davomida nisbatan o’zgarmasdan, alohida turgan holatiga diqqatni ko’proq
qaratadigan usuldir. Metafizika — narsa va hodisalarni bir-biridan ajralgan va
harakatsiz holda tahlil etadigan usul.
Metodologiya
— bilish va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’g’risidagi
ta’limot.
503
Me’yor
— miqdor va sifat birligi.
Miqdor
— narsalarning hajmi, o’lchovi, og’irligi, harakati va shu kabilarni
ifodalovchi tushuncha.
Milliy g’oya
— millatning orzu umidlari, maqsadlarini ifodalovchi
qarashlar, majmui
Milliy mafkura
— xalqning, millatning e’tiqodi
Monizm
(yunoncha — monos, ya’ni yakka ma’nosini anglatadi) —
olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta’lim beradigan
falsafiy ta’limotdir.
Nn
Neokantchilik
- XIX asr o’rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida
rivojlangan edi. Uning vakillari I. Kant o’z davrida qo’ygan ilmiy bilishning
umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil
etadilar. Bu ta’limotga ko’ra, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir
insonning hayoti o’zi uchun eng oliy maqsaddir.
Neopozitivizm
- oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel,
Vitgenshteyn va boshqalardir. Neo - yangi; pozitiv - ijobiy degan ma’noni
anglatadi. Nepozitivizm G’arbda X1X asrning 20 - yillarida paydo bo’lgan,
asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar
taraqqiyotisiz mavjud bo’la olmaydi. Falsafa — ob’ektiv reallikni emas, balki aniq
fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o’rganib, tahlil qilib
ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solishi kerak.
Neotomizm
— o’rta asr faylasufi Foma Akvinskiy ta’limotini targ’ib
etuvchi yo’nalish.
Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo’lib, u o’rta
asrlardagi (XIII asr) Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo -
yangi, tomizm - «foma», transkriptsiyada «toma» bo’lib o’zgargan) Foma
Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta’limotga ko’ra, ilm va
e’tiqod o’rtasida to’la muvofiqlik, uyg’unlik bor. Ular bir-birini to’ldirib turadi, har
|