508
ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko’pgina ichki sabablar va ba’zi
tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari,
sharqiy
xristian tarkidunyochiligi, neoplotonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo’ldi.
Tasavvuf uchun vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi,
fano bo’lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan
birlashib ketishi kabi
mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va
tarafdorlarini so’fiylar, deb ataganlar va «so’fizm» atamasi shundan paydo bo’lgan.
Ilk so’fiylar aholining kambag’al toifasi orasida sh akllangan. Ularning qarashlari
istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida
ham yuzaga kelgan.
Tafakkur shakllari
- fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning
bog’lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir.
Tushuncha, hukm(mulohaza),
xulosa chiqarish - tafakkur shakllaridir.
Tushuncha
– predmetning eng muhim xususiyatni aks ettiruvchi tafakkur
shakli.
Uu
Umumbashariy muammolar
— jahondagi barcha mamlakatlarga taalluqli
muammolar
Urug’, qabila, elat, millat
— jamiyat etnik birliklarining shakllari
Usul
— o’rganilayotgan ob’ektni tadqiq etish yo’llari va
Utilitarizm
— foydalikni aql-odob mezoni deb hisoblaydigan yo’nalish.
Ff
Fazo —
narsalarning
bir-biridan uzoqligini, ularning ko’lamini, joylashish
tartibini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha.
Shuningdek, fazo - narsalarning
ko’lamini, hajmini, o’zaro
joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalovchi
borliqning yashash usullaridan biridir.Fazo va vaqt tushunchalari, ko’p hollarda, forsiy
til ta’sirida yozilgan adabiyotlarda makon va zamon deb ham ataladi. Bu tushunchalar
fazo
va vaqtning tashqi, nisbiy xususiyatlarinigina aks ettiradi, xolos.
Fazo narsalar
joylashadigan joy ma’nosida, vaqt esa hodisalar bo’lib o’tadigan muddat ma’nosida