211 bo‘lib, tabiiy sifatga ega. Shuning uchun u tabiiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ayni
zamonda stol muayyan inson mehnatining natijasi bo‘lib, ijtimoiy sifatga ham
ega va ijtimoiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ijtimoiy sifatlar o‘z navbatida ikki
guruhga: birinchi tartibdagi ijtimoiy sifatlarga va ikkinchi tartibdagi ijtimoiy
sifatlarga bo‘linadi. Xuddi o‘sha stol, modomiki, insonning muayyan ehtiyojini
qondirar ekan, «aniq (amaliy) his» etiladigan narsa sifatida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchi tomondan, stol, modomiki, qiymatga ega ekan, u tovar sifatida
gavdalanadi. Bu o‘rinda stol «haddan tashqari his etiladigan narsa» tariqasida
gavdalanadi. Bu esa ikkinchi tartibli ijtimoiy sifatlarga mansubdir. Narsalar sifat
muayyanligidan tashqari bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi.
Miqdor predmetning hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan
tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega.
Chunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega, bir
ijtimoiy tuzum boshqasidan xususiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi
kuchlari taraqqiyoti, sur’ati darajasi, mehnat unumdorligi, madaniyati va
hokazolar bilan ham farq qiladi.
Narsa va hodisalardagi miqdoriy va sifatiy tomonlar doimo bir-birini taqozo
qilib, birlikda bo‘ladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda
faqat miqdorga yoki sifatga ega bo‘lgan narsa yo‘q. Shuning uchun ham narsaga
miqdoriy va sifatiy tomondan berilgan tavsif to‘liq bo‘ladi.
Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi me’yor tushunchasida
ifodalanadi. Me’yor bu miqdoriy munosabatlar va ob’ektiv sifatga mos
tuzilmalarning muvofiqligidir. Ob’ektning miqdori ushbu sifat doirasidan
chiqmasdan muayyan oraliqda o‘zgaradi. Bu oraliq chegaralari esa predmet
muayyanligini, sifat va miqdor birligi sifatida me’yorni ifodalaydi. Me’yorning
buzilishi predmet mavjudligi mumkin bo‘lmagan holatga olib keladi. Me’yor har bir
narsa va hodisadagi miqdor bilan sifat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ifoda etadi. Bu
o‘rinda har bir narsa, hodisa miqdor o‘ziga xos o‘lchovga ega bo‘ladi, chunki
ushbu sifat xususiyati har qanday miqdor bilan emas, balki muayyan miqdor bilan