210
oshiriladi.
Ko‘rinib
turibdiki, ziddiyatlarni hal etishning xususiyati va yo‘llarini to‘g‘ri
tushuna bilishlik amaliy faoliyatimizda to‘g‘ri mo‘ljal olishga imkon beradi.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tish qonunining olamni
falsafiy anglashdagi ahamiyati.
Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga
o‘tish qonuni falsafaning asosiy qonunlaridan biridir.
Bu qonunning mohiyati
shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar
asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va
sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z
sifati bilan
ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki muayyanligi bo‘lib, boshqa narsalardan
ajratib
turadigan xossa, belgi, xususiyatlarining birligidir. Sifat narsa qanday bo‘lsa,
uni shundayligicha aniqlab beradi. Narsalarning sifati esa ularning xossalari orqali
namoyon bo‘ladi. Xossa narsa sifatining boshqa narsalar bilan o‘zaro
aloqadorligidagi tashqi namoyon bo‘lishidir. Biz narsalarning ichki sifatini ma’lum
bir xossalarda namoyon bo‘lishi orqali bilamiz. Har bir narsa ko‘plab
xossalarga,
ya’ni asosiy va ikkinchi darajali xossalarga ega bo‘ladi. Masalan, metall zichliq
siquvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, cho‘ziluvchanlik kabi xossalarga ega. Sifat —
jismning barcha xossalarini birgalikda bog‘lovchidir. Demak,
sifat narsaning
umumiyligini, yaxlitligini,
uning nisbiy barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligini
ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarning turli-tuman xossalari yig‘indisidir. Lekin
sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi
muqarrar sur’atda xossaning o‘zgarishiga olib keladi, biroq xossaning o‘zgarishi har
doim sifatning o‘zgarishiga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga
ta’sir etmasdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy
barqarorligini ifoda etadi.
Har bir narsa muayyan sistemada bir-biri bilan bog‘liq, bo‘ladi. Narsa qaysi
bog‘lanishlar sistemasiga kirsa, shu sistemaga bog‘liq ravishda turli sifatlarga ega
bo‘ladi.
Chunonchi, «stol» muayyan tabiiy materialdan, ya’ni
daraxtdan yasalgan