34 bog’liqdir.
Bundan yaqqol kurinib turibdiki, falsafa bilan siyosat bir-biri bilan
aloqadorliqdadir. Bular o’rtasidagi aloqadorlik shakllari va darajalari har bir
jamiyatga bo’lgan iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy munosabatlarning xususiyatlari
bilan belgilanadi. Shu tufayli turli jamiyatlarda falsafaga bo’lgan munosabat va uning
siyosati bilan aloqadorlik darajasi turlichadir. Buni biz o’z tariximizdan yaqqol
ko’rishimiz mumkin.
Ma’lumki, o’tmishda jamiyatimizda bitta partiya, bitta mafkura, bitta
dunyoqarash yakka hokimlik qilib keldi. Davlat, partiya va hukmron guruhlarning
manfatlari inson manfaatlaridan ustun qo’yildi. Natijada inson huquqlari va
erkinliklari, demokratiya, ijtimoiy adolat qoidalari qo’pol ravishda buzildi va yo’qqa
chiqarildi. Davlatimizning moddiyni asosini tashkil etuvchi mulkni yaratuvchi
kishilar o’z mehnati bilan ishlab chiqargan mahsulotlardan begonalashtirib qo’yildi.
Ma’muriy-buyruqbozlik davlat tizimi joylarda o’z hukmini o’tkazib, hamma narsani
oldindan belgilab, mahalliy hokimiyatlarning huquklarini cheklab qo’ydi.
Madaniy sohada ham ko’pgina ma’naviy yo’qotishlar sodir bo’ldi.
Xalqimizning milliy madaniyati, tili, urf-odatlari, an’analari oyoq osti qilindi,
fuqarolar vijdon va din erkinliklaridan mahrum bo’ldilar. Fan va madaniyatga,
jumladan, ijtimoiy fanlarga ham marksizm-leninizm qoidalarini poydevor qilib
singdirish uchun salbiy ishlar amalga oshirildi. Rasmiy mafkuraga zid fikr yuritgan
olimlarni partiyaviy jazolash, ularni partiyaviylikdan, g’oyaviylikdan chekinishda,
sinfiy xushyorlikni yo’qotishda va boshqa kamchiliklarda ayblash odatga aylanib
qolgan edi. Bunday vaziyat, albatta ijtimoiy fanlarning, shu jumladan, falsafa
fanining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi va ijodiy fikrlashga imkoniyat
bermadi. Ijtimoiy fanlar hayotidan kelib chiqadigan dolzarb muammolar bilan
shug’ullanish o’rniga sobiq ijtimoiy-siyosiy tizimning qo’lidagi mafkuraviy qurolga
aylanib qoldi.
Mustaqillik tufayli jamiyatimizning hamma sohalarida, shu jumladan,
madaniy-ma’naviy sohada ham ro’y berayotgan tub o’zgarishlar ijtimoiy fanlarning