Titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlashda ham turli xil vositalardan foydaniladi. Masalan,
qo‘lni titrashdan himoyalash uchun har xil titrashdan himoyalovchi qo‘lqoplar ishlatiladi. Bunga
havo yostig‘iga ega bo‘lgan va elastik materialdan tayyorlangan ushlagich misol bo‘la oladi (4.3.
– rasm). Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan himoyalanish uchun esa turli xil titrashdan
himoyalovchi poyafzallardan foydalaniladi.
4.3 – rasm. Havo yostiqli titrashdan himoyalovchi ushlagich: 1 – rezina qobiq; 2 – «nippel»li
kiritish teshigi; 3 – havo bo‘shlig‘i.
Dostları ilə paylaş: