Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 84,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix24.12.2023
ölçüsü84,6 Kb.
#191607
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tilakov Islom 1-mustaqil ish



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
 
 Hayot faoliyati xavfsizligi
 
1-MUSTAQIL ISH 

 
 
VARIANT: 23 variant
 
Topshirdi: Tilakov Islombek
070-20-guruh talabasi 
Tekshirdi: Abdullayeva S.M


Shovqin intensivligini hisoblash. To’siqli konstruktsiyalarda tovush izolyatsiyasini tadqiq 
qilish.
Reja:
Shovqin va undan himoyalanish.
1.1 Shovqinning inson organizmiga ta’siri.
2. Tovushning asosiy o‘lchov birliklari.
2.1 Tovush chastotasi.
2.2Tovush bosimi
.
2.3Tovush intensivligi. 
2.4Tovush qattiqligi .
3. Shovqinning inson organizmiga zararli ta’siri.
4.
Shovqin va undan himoyalanish
Shovqinning inson organizmiga ta’siri. 
Insonning mavjud beshta sezgi a’zosi ichida eshitish 
o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Aynan eshitish orqali inson boshqa odamlar bilan muloqot 
qiladi, xavf-xatarni anglaydi va o‘z madaniyatini yuksaltiradi. Inson o‘zining eshitish sezgilari 
orqali toza tovushlarni, aralash tovushlarni va shovqinni farqlaydi. Toza tovush bir xil 
chastotadagi sinusoidal tebranishlardan iboratdir.
Insonni o‘rab turgan muhitda turli xil tovushlar mavjud bo‘lib, ularni inson eshitish a’zosi 
yordamida eshitadi. Tovush fizik kattalik bo‘lib, faqat elastik muhitda (havo, suv, gaz va b.) 
tarqaladi, vakuum muhitida tovush tarqalmaydi.
Aralash tovush bir necha toza tovushning yig‘indisidan iborat. Shovqin esa har xil chastota va 
tebranishdagi tovushlar aralashmasidir.
1660 yili Robert Boyl (1627–1661yy) tovush tarqalishi uchun gazsimon suyuqlik yoki qattiq 
jism holatidagi muhit zarurligini isbotlaydi. Tovush tarqalishiga sabab bo‘ladigan muhitga 
bog‘liq holda shovqin mexanik va aerogidrodinamik ko‘rinishda bo‘ladi.
Tovush intensivligining o‘lchov birligi «Bel» qabul qilingan. U telefon yaratilishining asoschisi 
Aleksandr Greyama Bel (1847–1922y) sharafiga atalgan. Inson qulog‘i bir xil bosimdagi, turli 
xil chastota va qattiqlikdagi tovushlarni eshita oladi. Tovush qattiqligi (gromkost) – «fon» bilan 
o‘lchanadi. Bir fon – 1000 Gs chastotadagi va 1dB intensivlikdagi tovush qattiqligiga tengdir.
Inson qulog‘i 16 Gs.dan 20000 Gs.gacha bo‘lgan tovush chastotalarini eshitish qobiliyatiga ega. 
Inson 800…4000 Gs chastotali tovushlarni yaxshi eshitadi, 16…100 Gs chastotali tovushlarni 
sezilarli darajada eshitadi.
1861 yili anatomik olim Alfonso Korti (1822–1876y) insonning eshitish a’zosi- quloqni 
tekshirib, uning ishlash tartibini o‘rganib chiqqan.
Shovqinning insonga ta’sirini fiziologik baholash maqsadida, u past chastotali (300 Gs.gacha), 
o‘rta chastotali (300…800 Gs) va yuqori chastotali (800 Gs dan Yuqori) shovqinlarga ajratiladi.
Inson xoh kunduzi, xoh tunda, ish vaqtida ham, dam olish vaqtida ham, uyquda ham ma’lum 
darajadagi shovqin ta’sirida bo‘ladi. Masalan, barglarning shitirlashi 10-40 dB, soatning 
chiqillashi quloqdan 1 m uzoqlikda 25-35 dB, uxlayotgan odamning nafas olishi 25 dB atrofida, 
oddiy so‘zlashuv vaqtida –50-60 dB, qattiq baqirib so‘zlashganda –75 dB, 100 km/soat tezlikda 
harakatlanaetgan engil avtomobil-110 dB, reaktiv samolet-120-130 dB tovush intensivligidagi 
shovqin hosil qiladi.
Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta’sirida bo‘lishi uning sog‘ligiga ta’sir etadi, u 
tez charchaydi, psixologik reatsiya tezligi kamayadi, xotirasi susayadi. Shuningdek, shovqin 
insonning diqqatini bir joyga jamlashiga xalaqit qiladi, harakatning aniqligini va muvozanatini 
buzadi, tovush va yorug‘lik signallarini qabul qilish qobiliyatini susaytiradi va natijada turli xil 
baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari shovqin qon bosimining 
oshishiga, ko‘z qorachigining kengayishiga, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga, yurak va 
tomir urishining tezlashiga, asab tizimining buzilishiga, uyqusizlik sodir bo‘lishiga va eshitish 
qobiliyatining susayishiga ham olib keladi. Ayniqsa inson qulog‘i eshitmaydigan shovqinlar, 


yani infratovushlar (tovush chastotasi 16-20 Gs dan kichik shovqinlar) va ultratovushlar (tovush 
chastotasi 20000 Gs.dan katta) inson sog‘ligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 84,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin