Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 84,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix24.12.2023
ölçüsü84,6 Kb.
#191607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tilakov Islom 1-mustaqil ish

Titrash va undan himoyalanish
2
Umumiy ma’lumotlar. Titrashning inson organizmiga ta’siri. 
Titrash, insonga titrash bilan 
ishlovchi jihozlar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar bilan kontakda bo‘lgan vaqtda ta’sir 
etadi. Titrashdan ko‘p holatlarda, ishlab chiqarish jarayonlarini intensifikatsiyalashda ham 
foydalaniladi, masalan, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning qarshiligini kamaytirishda, ish 
unumdorligini oshirishda, don tozalash mashinalari ish sifatini yaxshilashda va h.k. Shunga 
bog‘liq holda titrashlar transport, transport-texnologik va texnologik turlarga bo‘linadi.
Texnologik titrashlar qo‘zg‘almas mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarni ishlashi davrida 
hosil bo‘ladi. Insonni uzoq vaqtli titrash ta’sirida bo‘lishi ikki xil, ya’ni umumiy va mahaliy 
(lokal) kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Umumiy kasallanish doimiy titrash sharoitida 2-4 oy ishlagandan so‘ng boshlanadi. Bunda bosh 


og‘rig‘i, ko‘rishni susayishi, tana haroratini oshishi, oshqozon va yurak-tomir tizimida 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Lokal ko‘rinishdagi kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim 
a’zolariga, masalan, qo‘l, oyoq va h.k. tasir etishi natijasida kelib chikadi. Bunday vaqtda nerv 
va suyak-bo‘g‘im tizimi ish faoliyati buziladi, arterial bosim oshadi, muskul kuchlari va insonni 
og‘irligi kamayadi hamda tomirlarning tortishishi kuzatiladi.
Doimiy ish joylari va ishlab chiqarish binolaridagi titrashlarning me’yorlashtiriluvchi 
parametrlari sifatida tebranish tezligining o‘rta kvadratik miqdori va logarifmik darajasi qabul 
qilingan. Ular m/s yoki dB da o‘lchanadi. Titrash tezligining insonga salbiy ta’sir darajasini 
boshlanishi V
0
=5

10
-8
m/s.
Titrash tezligi darajasining logarifmik miqdori quyidagicha aniqlanadi,
L
v
=20lg ·V/5

10
-8 
, (3.35)
bu erda 
V
– titrash tezligining haqiqiy miqdori, m/s.
Titrash tezligining logarifmik miqdori, L
w
(dB):
L
w
=20lg 
, (3.36)
bu erda 
w
– titrash tezlanishning haqiqiy miqdori, m/s
2
; 3

10
-4
– titrash tezligini inson tanasiga 
ta’sirining sezilishini boshlanish miqdori, m/s
2
.
Har xil chastotadagi titrashlar insonga turlicha ta’sir etadi. Titrash yuzasida tik turib ishlayotgan 
kishiga ikki rezonans holat – 5 - 12 Gs va 17…25 Gs, o‘tirib ishlayotgan kishiga esa – 4…6 Gs 
to‘g‘ri keladi. Shuningdek, inson boshi uchun rezonans chastotasi 20…30 Gs atrofida bo‘ladi. 
Shu sababli, titrashning inson a’zolariga ta’sir xususiyatini va titrashning turini hisobga olgan 
holda titrash parametrlarining ruxsat etilgan gigienik normalari ishlab chiqilgan.
Titrash tezligining ruxsat etilgan eng yuqori o‘rta kvadrat miqdori – 0,2 m/s va logarifmik 
darajasi – 132dB bo‘lib, u o‘rta geometrik chastotasi 1 Gs ga teng bo‘lgan vertikal transport 
titrashlar uchun qabul qilingan.
Ma’muriy binolar, loyihalash idoralari, tibbiy punktlar va ish xonalariga qattiq talab qo‘yilgan 
bo‘lib, o‘rta geometrik chastota 63 Gs bo‘lganda titrash tezligining o‘rta kvadrat miqdori 28

10
-
4
m/s dan, logarifmik darajasi esa 75 dB dan oshmasligi talab etiladi.
Lokal titrashlar uchun eng katta cheklanish-titrashning o‘rta geometrik chastotasi 1000 Gs 
bo‘lganda, titrash tezligining o‘rta kvadrat miqdori-0,65 m/s, logarifmik darajasi esa – 102 dB ga 
tengdir.

Yüklə 84,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin