Kompleks ishlab chiqarishda xarajatlarni taqsimlashda sof sotish qiymati usulining qo‘llanishi


TMZ larni sof sotish qiymati bo’yicha baholash



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix26.06.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#135090
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlani (1) (1) (1)

TMZ larni sof sotish qiymati bo’yicha baholash.
 
TMZ yaroqsiz bo’lganda, brak, qisman yoki butunlay eskirganda, sotuvni 
tashkil qilish xarajatlari oshganda, raqobat kuchayib sotuv narxi pasaygan 
holatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o’z tannarxidan ishlab chiqarish qiymatidan 
past bahoda sotish qiymatida baholanishi mumkin. 
Sof sotish qiymati – tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv 
oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir. 
Tovar-moddiy zahiralari sof sotish qiymatigacha quyidagi usullar asosida 
qisman hisobdan chiqariladi: 
1. moddalar bo’yicha usuli – bunda tovar-moddiy zahiralarining har bir 
turi baholanadi; 


2. asosiy tovar guruhlarining usuli – bunda tovar-moddiy zahiralarining 
guruh imtiyozi baholanadi; 
3. zaxiralarning umumiy darajasi usuli – bunda hamma tovar-moddiy 
zahiralari baholanadi. 
Masala: TMZni sotish qiymati bo’yicha baholash. 
«MEKIL» korxonasi o’zining tijorat faoliyatini hisobot davrida uning egalari 
tomonidan kiritilgan 6000000 so’m kapitali bilan faoliyat boshladi. Kompaniya 
2000 birlik tovar-moddiy zahiralarni 2000000 so’mga sotib oldi, fraxt xarajatlari 
200000 so’mni tashkil etdi. Yil davomida korxona 1650 birlik mahsulotning bir 
birligini 1500 so’m bahoda sotdi. 
Yil oxirida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida 350 birlik mahsulot bor, 
ulardan 50 tasi yaroqsiz holga kelgan edi. Yaroqsiz holga kelgan birliklarning har 
birini 450 so’m bahoda, qolgan 200 donaning esa har birini 1500 so’m narxda 
sotishi mumkin bo’ladi. 1. Iyul oxiriga bo’lgan TMZ qoldiqlari balansda qanday 
summa bo’yicha hisobga olinadi ? 2. Ushbu muomalalar bo’yicha yaroqsiz holga 
kelgan birliklarning sotilishining moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga 
ta’sirini aniqlang. 
Birinchi savolning javobi: 
TMZ birligining tannarxi: 
2000000 so’m + 200000 so’m = 2200000 so’m / 2000 = 1100 so’mni 
tashkil qiladi. 
Sof sotish qiymati: 
• yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar uchun 450 so’m 
• shikastlanmagan mahsulotlarning birligi uchun 1500 so’m 
Balansda TMZ tannarxi va sof sotish qiymatidan eng kichik qiymat bo’yicha 
aks ettiriladi: 
Yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar 50 x 450 = 22500 so’m 
Shikastlanmagan mahsulotlar 300 x 1100 = 330000 so’m 
Jami TMZ qoldiqlari 352500 so’m 


Ikkinchi savolning javobi: 
Sotishdan olingan sof tushum (1650 x 1500 so’m) = 2475000 so’m 
Sotilgan mahsulotlarning tannarxi (1650 x 1100 so’m) = 1815000 so’m 
Sof sotish qiymati (50 x 350 so’m) = 17500 so’m 
Tannarx (50 x 1100 so’m) = 55000 so’m 
Yaroqsiz holga kelgan mahsulotlardan ko’rilgan zarar (37500 so’m) 
Sotuvdan kelgan yalpi foyda (1125000 - 825000 - 42500 = 25700 so’m). 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin