2. asosiy tovar guruhlarining usuli – bunda tovar-moddiy zahiralarining
guruh imtiyozi baholanadi;
3. zaxiralarning umumiy darajasi usuli – bunda hamma tovar-moddiy
zahiralari baholanadi.
Masala: TMZni sotish qiymati bo’yicha baholash.
«MEKIL» korxonasi o’zining tijorat faoliyatini hisobot davrida uning egalari
tomonidan kiritilgan 6000000 so’m kapitali bilan faoliyat boshladi. Kompaniya
2000 birlik tovar-moddiy zahiralarni 2000000 so’mga
sotib oldi, fraxt xarajatlari
200000 so’mni tashkil etdi. Yil davomida korxona 1650
birlik mahsulotning bir
birligini 1500 so’m bahoda sotdi.
Yil oxirida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida 350 birlik mahsulot bor,
ulardan 50 tasi yaroqsiz holga kelgan edi. Yaroqsiz holga kelgan birliklarning har
birini 450 so’m bahoda, qolgan 200 donaning esa har birini 1500 so’m
narxda
sotishi mumkin bo’ladi. 1. Iyul oxiriga bo’lgan TMZ qoldiqlari balansda qanday
summa bo’yicha hisobga olinadi ? 2. Ushbu muomalalar bo’yicha yaroqsiz holga
kelgan birliklarning sotilishining moliyaviy natijalar to’g’risidagi
hisobotga
ta’sirini aniqlang.
Birinchi savolning javobi:
TMZ birligining tannarxi:
2000000 so’m + 200000 so’m = 2200000 so’m / 2000 = 1100 so’mni
tashkil qiladi.
Sof sotish qiymati:
• yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar uchun 450 so’m
• shikastlanmagan mahsulotlarning birligi uchun 1500 so’m
Balansda TMZ tannarxi va sof sotish qiymatidan eng kichik qiymat bo’yicha
aks ettiriladi:
Yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar 50 x 450 = 22500 so’m
Shikastlanmagan mahsulotlar 300 x 1100 = 330000 so’m
Jami TMZ qoldiqlari 352500 so’m
Ikkinchi savolning javobi:
Sotishdan olingan sof tushum (1650 x 1500 so’m) = 2475000 so’m
Sotilgan mahsulotlarning tannarxi (1650 x 1100 so’m) = 1815000 so’m
Sof sotish qiymati (50 x 350 so’m) = 17500 so’m
Tannarx (50 x 1100 so’m) = 55000 so’m
Yaroqsiz holga kelgan mahsulotlardan ko’rilgan zarar (37500 so’m)
Sotuvdan kelgan yalpi foyda (1125000 - 825000 - 42500 = 25700 so’m).
Dostları ilə paylaş: