Mahsulotlar
Birliklar
miqdori
Birlikning ajralish
nuqtasidagi bozor
qiymati, sh.b.
Sotishning
jami qiymati,
sh.b.
A
Mahsulot
100
20
2000
B
Mahsulot
400
15
6000
Jami
8000
A mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (2000 sh.b. / 8000 sh.b.) = 250 sh.b.
B mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (6000 sh.b. / 8000 sh.b.) = 750 sh.b.
Taqsimlangan jami kompleks xarajatlar
1000 sh.b.
Sotish qiymatiga asoslangan usul natural ko‘rsatkichlar
usuli
kamchiliklaridan holi bo‘lsa-da, uning bitta nuqsoni bor: u oldingi xarajatlar
sotishdan olingan daromadlar bilan aniqlanadi, degan tasavvurga asoslanadi.
Masalan, sotishdan kam daromad tushadigan foydasiz
mahsulotga kompleks
xarajatlar-ning kam qismi tasdiqlanadi va shu bilan u foyda beradi, degan taassurot
hosil qilinadi.
2) Natura ko‘rsatkichlar usuli. Bu usulda kompleks xarajatlarni ajralish
nuqtasida ularning o‘zaro nisbati asosida taqsimlashda
mahsulotning vazni yoki
hajmi kabi haqiqiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Kompleks xarajatlar 1000 sh.b.
Mahsulotlar
Birliklar Miqdori
A Mahsulot
100
B Mahsulot
400
Jami
500
A mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (100 b. / 500 b.) = 200 sh.b.
B mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (400 b. / 500 b.) = 800 sh.b.
Jami taqsimlangan kompleks xarajat
1000 sh.b.
Natural ko‘rsatkichlar usulidan foydalanilganda har turdagi mahsulot
birligining tannarxi bir xil bo‘ladi.
Birgalikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sotish narxi har xil bo‘lsa,
mahsulot har bir turi birligi tannarxi bir xil bo‘lishini
nazarda tutish shunga olib
keladiki, qandaydir mahsulotga katta foyda, boshqalariga zarar ko‘rsatiladi. Agar
kompleks ishlab chiqarishning natijasi suyuq va qattiq mahsulot bo‘lsa,
natural
ko‘rsatkichlardan foydalanish usuli shartli natural birlikni joriy etishni talab
qiladi.
Natural ko‘rsatkichlar usulidan foydalanishning
asosiy afzalligi uning
qulayligidir, biroq bu qulaylik usulning ko‘p sonli kamchiliklari oldida yo‘qqa
chiqadi.
Agar mahsulot yana qayta ishlanadigan bo‘lsa, bu holatda kompleks
chiqimlarni taqsimlashning quyidagi usullari qo‘llaniladi.
3.
Mumkin bo‘lgan sof sotish qiymati usuli
4.
Yalpi foydadan doimiy ulush usuli
Dostları ilə paylaş: