tayyor holatga keltirilgan. Dekabr oyi davomida 10,000 barrel mahsulotni to‘liq
ishlab chiqarish uchun jami tannarx 140,000 p.b.ni tashkil etmoqda (50,000 +
90,000). Mahsulotlar ajralgunga qadar jami qo‘shma tannarx 90,000 p.b. bo‘lib,
bu barcha to‘rtta mahsulot uchun umumiy xarajat hisoblanadi. Ajralish nuqtasidan
keyin mahsulotlarni qo‘shimcha qayta ishlash jarayonida 50,000 p.b. miqdorida
sarf
xarajat amalga oshirilgan, qaysiki bu xarajatlar har bir mahsulotga
identifikatsiyalangan.
Har bir mahsulotning tannarxni aniqlashimiz uchun qo‘shma
tannarxni har
bir mahsulotga taqsimlashda mantiqan to‘g‘ri bo‘lgan yo‘lni tanlashimiz kerak
bo‘ladi. Taqsimlashda eng to‘g‘ri ideal g‘oyaga, ya’ni
har bir mahsulotning
tannarxi ularni sotishdan olingan daromad bilan muvofiqligini ta’minlashga rioya
qilish bo‘lib hisoblanadi. Lekin, muvofiqlik konsepti qo‘shma tannarxni
taqsimlashda murakkabliklar bilan bog‘liqdir.
Natijada, sabab-oqibat bog‘liqligi
qo‘shma tannarx va qo‘shma tannarxni haqiqatda o‘zida mujassamlantirgan
mahsulot o‘rtasida o‘z aksini topa olmasligi mumkin. Ushbu farqni mumkin qadar
kamaytirishda bir qancha umum qabul qilingan metodlar qo‘llaniladi.
Ularga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1.
Natural birliklar asosida taqsimlash.
2.
Sotish qiymati asosida taqsimlash.
3.
Yalpi fayda asosida taqsimlash.
4.
Ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati asosida
taqsimlash.
5.
Ajralish nuqtasida qiymatni baholash metodi
Dostları ilə paylaş: