Kompyuter arxitekturasiga oid atamalar. Elektron hisoblash mashinalari



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə6/17
tarix20.05.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#118360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Kompyuter arxitekturasiga oid atamalar. Elektron hisoblash mashi

Protsessor – bu hisoblash tizimi ichidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydigan blok.

  • Protsessor quyidagilarni bajaradi:

    • arifmetik funksiyalar (qo’shish, ko’paytirish va boshqalar),

    • mantiqiy funksiyalar (almashtirish, taqqoslash, kodlarni niqoblash va boshqalar),

    • kodlarni vaqtincha saqlash (ichki registrlarda),

mikroprotsessor tizimining tugunlari orasida kodlarni yuborish va boshqa ko’plab vazifalar.


Asosiy plata. Kompyuterning asosiy qurilmasi uning mikroprosessoridir. Qolgan qurilmalar unga xizmat qiladilar. Asosiy plata esa ularni bir-biriga bog’laydi. Odatda yangi mikroprosessor ishlab chiqilganda, u uchun mo’ljallangan asosiy platada foydalanish uchun yangi mikrosxemalar ham yaratiladi. Bu mikrosxemalar birgalikda chipset (mikrosxemalar to’plami) deb ataladi. Odatda asosiy plata tarkibiga quyidagi qo’shimcha qurilmalar ham kiradi. 1. Ovoz platasi; 2. Videoplata; 3. Mahalliy tarmoqqa kartasi (LAN card).
Asosiy plataning ikkita katta mikrosxemasi aynan shinalar uchun mo’ljallangan. Ular ko’priklar deb ataladi. Shimoliy ko’prik o’ta tezkor qurilmalar: tezkor xotira va videoprosessorni ulash uchun ishlatiladi. Janubiy ko’prik nisbatan sekin ishlaydigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, PCI, SATA, USB slotlarga ulanadigan qurilmalarga xizmat ko’rsatadi.
FSB (Face Side Bus – old tomon shinasi) shimoliy ko’prik shinasi bo’lib, tezkor xotira uchun mo’ljallangan. U kompyuterning takt chastotasini ikkilantirish asosida vujudga keladi.
Shimoliy ko’prik mikroprosessor uchun ham takt chastotasini ishlab chiqaradi. U kompyuter chastotasini biron songa ko’paytirish asosida yaratiladi. Masalan, mikroprosessorning chastotasi 1,8 GigaGers, kompyuterning takt chastotasi 100 MegaGers bo’lsa, u 18 ga ko’paytiriladi. Agar mikroprosessor chastotasi 2,4 GG bo’lsa, kompyuterning takt chastotasi 24 ga ko’paytiriladi.
Shimoliy ko’prik videokarta ulanadigan PCI E (Peripheral Components Interface Express – tezkor tashqi qurilmalar interfeysi) shinasiga ham xizmat ko’rsatadi. Bu shina chastotasi 16 martagacha ko’paytirilishi mumkin. Janubiy ko’prik USB (User’s Serial Bus – Foydalanuvchi uchun ketma-ket shina), IDE (Interface for Data Exchance – axborot almashuvi uchun interfeys), PCI va SATA shinalari uchun ham xizmat ko’rsatadi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin