DIMM xotiralarning sig’imi 32, 64, 128, 256, 512 MB bo’lishi mumkin, ularning takt chastotasi 66, 100, 133, 166, 200 MGs lardan biriga teng.
DDR xotiralarning sig’imi 128, 256, 512, 1024 MB, takt chastotasi 266, 333, 400 MGs bo’lishi mumkin. DDR xotiralarda takt chastota bilan birga ma’lumot uzatish tezligidan ham foydalanila boshlandi. Masalan, DDR 2100deb takt chastotasi 266 MGs bo’lgan xotira belgilangan.
Bu chastotada ishlaydigan xotira bir sekundda 266 MGs * 8 bit = 2100 Megabit axborot uzata oladi. Shu kabi DDR 2700 va DDR 3200 rusumli xotiralar ham bor.
DDR II turidagi xotiralar 512, 1024, 2048 MB sig’imli va 4200, 5300, 6400 Mbtezlikda,
DDR III turdagi mikrosxemalar 1, 2, 4 GB sig’imli va 11000, 13000, 16000 va 20 000 Mb tezlikda bo’lishi mumkin. DIMM va DDR rusumidagi tezkor xotiralar hozir ishlab chiqarilmaydi.
BIOS qisq.: Basic Input/Output System Kiritish-chiqarishning asosiy tizimi. Shaxsiy kompyuterning ona platasidagi DXQ (doimiy xotira qurilmasi) yoki QDDXQ (qayta dasturlanadigan doimiy xotira qurilmasi) mikrosxemasiga yozilgan dastur. BIOS kompyuterning operatsion tizimdan kelayotgan kirish-chiqish, qurilmalarni boshqarish so‘rovlariga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, kompyuter yoqilganda uskunalarni boshlang‘ich tekshirish (POST tartiboti), BIOS da shaxsiy kompyuterni ona platasining tarkibiy tuzilmasini asosiy ko‘rsatkichlarini qo‘lda sozlash uchun o‘zaro faol nimdasturi ham mavjud.
Bufer ingl.: buffer rus.: bufer Ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun ishlatiladigan kompyuterning tezkor xotira yacheykalarining bir qismi. Boshqa (masalan, kompyuterga kiruvchi) qurilmalardan kelgan ma’lumotlar bilan birgalikda qayta ishlash zarurati tug‘ilganda, ular buferdan chaqirib olinadi. Ma’lumotlarni buferga yozish va vaqtincha eslab qolish jarayoni buferlashtirish deb ataladi. Yuqori tezlikli katta bufer kesh-xotira deb ataladi.
Videoprosessorlar. Zamonaviy kompyuterlar uch o’lchovli grafika, yuqori sifatli video bilan ishlaydi. Ulardagi tranzistorlar soni mikroprosessordagidan bir necha barobar ko’p bo’lishi mumkin. Hozirgi videoprosessorlarning razryadlari soni 128dan kam emas, 256 va xatto 384 razryadli videoprosessorlar ham mavjud. Videoprosessorlar o’z tezkor xotiralariga ham ega bo’ladilar. Bu videoxotira sig’imi 256 MB dan 2 GB gacha bo’lishi mumkin.
Hozirgi paytda videoprosessor o’rniga PCI Express slotiga o’rnatiladigan, 32 yadroli mikroprosessorga ega va sekundiga yarim trilliongacha amal bajara oladigan bloklar ishlab chiqarilmoqda. Bu bloklar yordamida oddiy kompyuterni superkompyuterga aylantirish mumkin.
Vinchester rusumidagi tashqi disk. Tezkor xotiraning bitta kamchiligi kompyuter o’chirilganda undagi barcha ma’lumotning o’chib ketishidir. Shuning uchun barcha kompyuterlar boshqa turdagi xotira bilan ham ta’minlanadi. Vinchesterlar germetik (butunlay havo o’tkazmaydigan) yopiq korpusga joylangan, magnitlana oladigan qatlamga ega disklardir. Bitta korpusga bitta yoki bir nechta bunday disklar o’rnatilsada, ular foydalanuvchi uchun bitta disk bo’lib ko’rinadi. Mantiqan vinchester ixtiyoriy sig’imli bo’limlarga ajratiladi va bu bo’limlarning har birida bittadan mantiqiy disk joylashadi. Disklarda ma’lumotlar fayl ko’rinishida saqlanadi. Fayllar esa klasterlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Klaster bir necha sektorlardan iborat bo’ladi. Klasterdagi sektorlar soni barcha klasterlar uchun bir xil bo’ladi. Faylning hajmiga qarab unga kerakli sondagi klasterlar ajratiladi. Faylning oxirgi klasterida qolgan bo’sh joy boshqa fayllarga berilmaydi.
Hozirgi paytda sig’imi 80, 120, 160, 250, 320, 500, 640, 750, 1000, 1500, 2000 GB bo’lgan vinchesterlar sotuvda bor. Vinchester disklarining aylanish tezligi asosan 7200 ayl/min ga teng. 5400 ayl/min tezlikdan faqat noutbuk kompyuterlari uchun mo’ljallangan ba’zi vinchesterlarda foydalaniladi. 10000 ayl/min tezlik esa server kompyuterlar uchun mo’ljallangan vinchesterlarda ishlatiladi.