Kompyuter geometriyasi va grafikasi”



Yüklə 8,81 Mb.
səhifə14/114
tarix19.12.2023
ölçüsü8,81 Mb.
#185454
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
Majmua pechatga tayyor

Tasvir bo`lagini ajratib olishning boshqa usullari
Arqon tugmasidagi uchinchi uskuna Магнитное лассо (Magnitli arqon) dan
chegarasida fondan keskin ajralib turgan obyektlami ajratib olishda foydalaniladi. Nomidan ham ko`rinib turibdiki, bu arqon magnit kabi obyektning chegarasiga yopishib qoladi va obyektni ajratib olish osonlashadi. Chegarani belgilashni boshlash uchun uning biror nuqtasida sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi. Sichqonchani chegara bo`ylab surganimiz sari chegarada yangi tugun nuqtalar paydo bo`la boshlaydi. Yangi tugun nuqta noto`g`ri tushib qolsa, uni klaviaturadagi Backspace (Bitta belgi orqaga) tugmasini bosib, olib tashlaymiz. Chegara aniq bo`lmagan joylarda navbatdagi tugun nuqtalami sichqonchaning chap tugmasini bosish bilan majburan qo`yib chiqish ham mumkin.

6.2.15-rasm. Berilgan rasmni ajratib olish.


Ajratishni tugatish uchun sichqonchani ajratish boshlangan nuqtaga olib kelish yoki bu nuqta atrofida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish yetarli.
Mashq sifatida kuchukchani fondan magnitli arqon yordamida ajratib olaylik. Yuqoridagi rasmlarda tugun nuqtalarning joylashishi va tasvirning ajratish tugallandan keyingi holati ko`rsatilgan.
PhotoShopda tasvir bo`lagini ajratib olishning yana bir usuli Вольшебная палочка (Sehrli tayoqcha) dan foydalanish. Bu tayoqchani olib, tasvirning biron-bir nuqtasiga tekkizsak, bu nuqtaning atrofidagi rangi tanlangan nuqta rangiga yaqin bo`lgan barcha piksellarni ajratib oladi. Bu uskuna yordamida tasvirning fonini ajratib olish qulay. Sehrli tayoqchani tanlash uchun klaviaturada W tugmasini bosish ham mumkin.
Быстрое выделение (Tezkor ajratish) – uskunasi ham shunga o`xshash tarzda ishlaydi. Lekin unda soha qadamma-qadam tanlab boriladi va sichqonchani chap tugmasini bosib turib sudrash bilan kattaroq sohani qo`shib olish mumkin. Bunda fonning keyingi nuqtasini tanlashda Shift tugmasi bosib turilsa, ajratib olingan bo`lak oldingisi bilan birlashtiriladi.

6.2.16-rasm. Rasmni ajratib olish usulini tanlash


Agar rasm fonini emas, rasmning o`zini ajratib olish kerak bo`lsa, asosiy
menyuning Выделение (Select, Ajratish) bo`limidagi Инверсия (Inverse,Teskarisi) buyrug`i yoki Ctrl+Shift+I qo`shtugmasi bosiladi.

Yüklə 8,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin