Photoshopda qatlamlar va ulardan foydalanish PhotoShopning bugungi kundagi muvaffaqiyati kalitlaridan biri bu uning qatlamlar bilan ishlay olishidir. Qatlam – bu shaffof qog`oz bo`lib, PhotoShopda qatlamga qo`shimcha tasvir joylash mumkin. Qatlamlar ustma-ust joylashib, yaxlit bir tasvir hosil qiladi.
PhotoShopda bir vaqtda 50 dan ortiq qatlam bilan ishlash mumkin.
Qatlamlar bilan ishlash uchun Слой(Qatlamlar) bo`limida joylashgan buyruqlardan foydalaniladi. Bu palitrani ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Окно(Oyna) bo`limidagi Слой(Qatlamlar) bandini tanlash yoki klaviaturada F7 funksional tugmasini bosish kerak, u palitraning ko`rinishi rasmda ko`rsatilgan. Undagi tugmalarning vazifalari bilan tanishib chiqamiz.
A. Yashirin palitralar;
B. Yashirin palitralarni ochish;
С. Слои (Qatlamlar) jildi;
D. Каналы (Kanallar) jildi;
E. Контуры (Konturlar) jildi;
F. Palitrani yashirish va ochish tugmasi;
G. Palitraning menyusi tugmasi;
H. Qatlamning shaffofmasligi (0 dan 100 gacha);
I. Qatlamga bo`yoq quyish (0 dan 100 gacha);
J. Qatlamning qotirilganligi belgisi;
K. Tanlangan qatlamlarni bir-biri bilan bog`laydi;
L. Qatlamga stil qo`shadi;
M. Niqob qatlam yaratadi;
N. Yangi korreksion qatlam yaratadi;
O. Qatlamlaming yangi guruhini yaratadi;
P. Yangi qatlam yaratadi;
Q. Tanlangan qatlamni o`chiradi;
R. Qatlamni ko`rsatadi yoki yashiradi.
6.2.21-rasm. Qatlam oynasi.
Qatlamlardan birinchisi fon deb ataladi. U boshqalaridan pastda turadi va uning joyini o`zgartirib bo`lmaydi. Boshqa qatlamlarning o`rnini almashtirish mumkin. Yuqorida turgan qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib qo`yadi. Agar qatlam nisbatan shaffof bo`lsa, undan keyingi qatlam biroz ko`rinib turadi.
Qatlamga niqob qatlam qo`shish mumkin. Qatlamning niqob bilan berkitilgan qismini o`zgartirib bo`lmaydi. Bu qatlamning bir qismini o`zgartirish kerak bo`lganda juda qulay. Qatlamdagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun unga korreksion qatlam qo`shiladi. Stil qatlam esa qatlamga tayyor stilni qo`llash uchun ishlatiladi. Bo`yoq quyish qatlami qatlamning ustidan bo`yoq quyish uchun ishlatiladi.
Qatlamlarga doir mashq №1. Tasvirda qatlamlar soni ortgan sari ular bilan ishlash qiyinlashadi. Bunday paytda bir necha qatlamni bitta guruhga birlashtirish va bu guruh bilan bitta qatlam bilan ishlagandek ishlash mumkin. Noutbuk va mehmonxona rasmlarini yuklab olamiz. Mehmonxona tasvirini to`liq ajratib (Ctrl+A qo`shtugmasi), undan nusxa olamiz (Ctrl+C). Noutbuk rasmiga o`tib, unga nusxani joylaymiz (Ctrl+V). Noutbuk rasmiga o`tish uchun uning oynasining ko`rinib turgan joyini sichqoncha bilan bosish yetarli. Agar oyna boshqa oynalar bilan to`liq to`sib qo`yilgan bo`lsa, asosiy menyuning Окно (Oyna) bo`limining oxirgi bandlarida joylashgan hujjat oynalaridan keraklisini tanlaymiz.
Noutbuk oynasida mehmonxona tasviri paydo bo`ladi va u ajratib olingan (quyidagi rasmlardan birinchisi). Asosiy menyuning Редактирование (Tahrirlash) bo`limidagi Трансформирование (Shakl o`zgartirish) bandini va paydo bo`lgan menyudan Искажение (Nochiziqli o`zgartirish) bandini tanlaymiz. Quyidagi rasmda keltirilgan.
6.2.22-rasm. Nochiziqli o`zgartirish.
Mehmonxona tasviri burchaklarida maxsus markerlar paydo bo`ladi. Ulardan birini sudrab, noutbuk ekrani burchagiga olib kelamiz (2-rasm). Mehmonxona tasvirining qolgan uchlaridagi markerlarni sichqoncha bilan sudrab, kerakli joyga olib kelamiz (3-, 4-va 5-rasmlar). Yana bir marta burchak markerlarining rasmdagi noutbuk ekrani burchaklariga to`g`ri qo`yilganini tekshirib (Ekrandagi tasvir butunlay ko`rinmasligi kerak), Enter tugmasini bosamiz.
Tayyor rasmni yangi nom bilan saqlab qo`yamiz (6-rasm). Mehmonxona tasviri alohida qatlamda joylashganligi sababli, undagi о`zgartirishlar boshqa qatlamdagi noutbuk tasviriga ta`sir qilmadi: